Breaking News

Armaniston: Muxolifat lideri murosaga tayyor emas


Armanistonda bosh vazir ishdan ketdi, endichi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:21 0:00

Armaniston muvaqqat bosh vaziriga ko’ra, agar barcha partiyalar rozilik bersa, mamlakatda yangi saylovlar o’tkaziladi. Ushbu bayonot Yerevan ko’chalarida olqishlanmoqda. Avvalgi Bosh vazir Serj Sarkisyan 23-aprel kuni namoyishlar bosimi ostida iste’fo bergan edi. Armanistondagi isyon boshqa sobiq sovet o’lkalaridagi voqealarga qiyoslanmoqda.

Armaniston Bosh vaziri Serj Sarkisyan ishdan ketsa ham vaziyat tinchigani yo’q. Muxolifat lideri Nikol Pashinyan ommani yana namoyishlarga undayapti.

“Hukmron Respublikachilar partiyasi hokimiyatda qolishga harakat qilmoqda, shuning uchun yana ko’chaga chiqdik”, - deydi Pashinyan.

Pashinyan hukmron partiya bilan murosa qilmoqchi emas va o'zini bosh vazirlikka yagona loyiq nomzod deb biladi. "Tizim korrupsiyaga botgan", deydi u.

Sobiq prezident va bosh vazir Serj Sarkisyanni muxolifat avtoritar boshqaruvda ayblagan. 1-may kuni parlament yangi bosh vazirga ovoz berishi kutilmoqda.

Yangi saylovlarga tayyorgarlik namoyishchilar orasida ijobiy qarshi olindi. Sobiq bosh vazir, deydi ular, konstitutsiyani aylanib o’tib hokimiyatda uzoqroq qolishga harakat qildi.

Bir qarashda, Armanistonda xalqning hukumatga qarshi bosh ko’tarishi 2014-yilda Ukrainada va 2003-yilda Gruziyada Rossiya bilan yaqin rahbarlarning hokimiyatdan ketishini eslatadi. Ammo katta farqlar ham bor, deydi tahlilchi Karin Gevorgyan.

“Armanistondagi holat mamlakatning g’arb yoki sharq tomon yo’nalishi bilan bog’liq emas. Xalq samarasiz, layoqatsiz hukumatdan charchagan”, - deydi Gevorgyan.

Yana bir sharhlovchi Anahit Shirinyanga ko’ra, Serj Sarkisyan Moskva chizgan chiziqdan yurmasdi:

“U Armaniston tashqi siyosatini diversifikatsiya qilishga harakat qilgan siyosatchi deb ko’rilgan, yaqingacha G’arbda ham ma’qul edi. 2008-yilda Turkiya bilan do’stona aloqa o’rnatgani, 2013-yilda esa Yevropa Ittifoqi a’zoligiga harakat qilgani olqishlangan”.

Rossiya bosimi ostida Yevropa bilan imzolangan kelishuv bekor qilindi, Armaniston Moskva boshliq Yevrosiyo ittifoqiga kirdi. Lekin Rossiya Armanistonga o’z ta’sirini o’tkaza olmadi, deydi Gevorgyan.

“Bunga sabab - Rossiyaning o’zi bu hududga e’tibor bermadi. Boshqa davlatlar, jumladan Qo’shma Shtatlar va boshqa G’arb davlatlari, ohista qadamlar tashlab bo’shliqni to’ldirdi”, - deydi tahlilchi.

Hozirda Armaniston geosiyosiy chorrahada.

“Mamlakat G’arb bilan, Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish imkoniyatiga ega. Islohotning keyingi bosqichida ayniqsa Yevropaning yordami muhim”, - deydi Shirinyan.

Rossiya Armanistondagi voqealarga aralashmaymiz, deya cheklanmoqda. Ikki mamlakat prezidentlari telefonda gaplashgan. Tinimsiz namoyishlar sabab barcha tomonlar ehtiyotkorlik bilan qadam tashlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG