Breaking News

AQShda yana bir qora tanli fuqaro politsiya qurboni bo'ldi


Atlanta politsiyachisi Garret Rolf Reyshard Bruksni hibsga olmoqda. Rolf ishdan olingan

O’tgan juma kuni Jorjiya shtatining Atlanta shahrida politsiya “Wendy’s” fast-fud kafesi tashqarisida mashinada o’tirgan qora tanli odamni spirtli ichimliklar ta’siri ostida deb o’ylab, uni hibsga olishga harakat qilganida 27 yashar Reyshard Bruks qarshilik ko’rsatib, politsiyachilardan birining elektr quvvati bilan karaxt qiluvchi to’pponchasini olib qo’yadi va unga qarshi ishlatadi. Shundan so’ng u qochishga urinadi. Posbonlardan biri unga o’q uzib, Bruksning o’limiga sabab bo’ladi. Bularning barchasi politsiya badikemi, atrofdagi odamlar smartfoni va kafening kuzatuv kamerasiga tushadi.

Xalqaro hayot – 15-iyun, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:29 0:00

“Qurolni ishga solish qanchalik to’g’ri bo’lgani munozaraga sabab bo’lishi mumkin, biroq politsiya nima qila olishi va nima qilishi kerakligi o’rtasida katta farq bor. Men qurolni ishga solish to’g’ri bo’lgan deb o’ylamayman va shu sabab ushbu politsiyachini zudlik bilan ishdan olishni buyurdim”, - dedi Atlanta hokimasi Keysha Lans Bottoms.

Bu voqeadan bir kun o’tib, politsiyachi ishdan olindi, politsiya boshqarmasi boshlig’i iste’fo berdi. Hodisadan g’azablangan omma esa o’sha kafega o’t qo’yib, ko’cha namoyishlariga chiqdi.

“Politsiyachilar faoliyatini isloh qilish kerak. Reyshard Bruks bilan sodir bo’lgan voqeada haddan ziyod kuch ishga solingan. Elektr to’pponchasini oldirib qo’yganidan uyalganidanmi yoki sarosimaga tushganidanmi, ularning keying harakati qo’lida faqat elektr to’pponcha bo’lgan odamning o’limiga olib keldi”, - deydi Jorjiya shtati sobiq qonunchisi Steysi Abrams.

“Politsiya va uning himoyasida bo’lishi kerak bo’lgan jamoatchilik o’rtasidagi muloqot qanday bo’lishi kerakligi xususidagi umidlarimiz oqlanmadi”, - deydi Atlanta meri.

Vashingtondagi qonunchilar ham politsiya islohotiga doir umumiy qonun loyihasiga kelishishga harakat qilmoqda.

Oklaxomadan saylangan respublikachi senator Jeyms Lankford politsiyaga odamni bo’g’zidan ushlashni taqiqlovchi qonun tarafdori.

“Mamlakatdagi huquq-tartibot idoralari 2017-yilda bunga hojat yo’q deb kelishib olgan edi”, - deydi qonunchi.

Nyu-Jersi sobiq gubernatori Kris Kristi bu shtatning Kamden shahrida politsiya islohoti muvaffaqiyatli bo’lganiga ishora qiladi.

“Politsiyachilarni mashinadan tushirib, velosipedga o’tqazganmiz, mahallalarga biriktirganmiz. Nafaqat shu mahallani himoya qilsin, balki mahalladagilar bilan yaxshiroq tanishsin, yoshlar bilan, ayollar bilan ishonch rishtalarini o’rnatsin deb. Ikkinchidan, tarang vaziyatni yumshatish bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazganmiz ozor yetkazmang, zo’ravonlik eng oxirgi chora bo’lishi kerak deb”, - deydi sobiq gubernator.

Kongressdagi qonunchilar qonun loyihasi bo’yicha murosaga kelishishga harakat qilayotgan bir paytda shtat kengashlari politsiya islohotiga doir mahalliy qonunlarini qabul qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG