Breaking News

Koinotga eng og’ir raketani uchirgan “Space X” fazo kompaniyasi keyingi gal kosmosga maxsus atom soatini chiqarmoqchi. Bunday soat kelajakda fazogirlarga navigatsiyada yordam beradi.

Yaqinda uchirilgan “Falcon Heavy”ning 27 ta dvigateli Yer orbitasi va undan nariga 64 tonnagacha yuk tashishga imkon beradi. Keyingi parvoz iyun oyiga rejalangan bo’lib, asosiy yuk nimadan iborat bo’lishi hozircha ma’lum emas, ammo bir yuk haqida ma’lumotga egamiz.

"Space X" kosmosga atom soatini chiqarmoqchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:07 0:00

Ilon Maskning kompaniyasi NASAda tayyorlangan, o’ta aniq ishlaydigan atom soatini koinotga uchirmoqchi. Soat ayni damda Kaliforniyadagi laboratoriyada sinovdan o’tmoqda.

Olim Jon Louning aytishicha, yangi atom soati koinotdagi barcha soatlardan aniq bo’lib, kosmik parvozni yengillashtirishga qaratilgan.

“Vaqt bu masofadir, agar yoningizda atom soatingiz bo’lsa, navigatsiya osonlashadi. Soat yaxshiroq bo’lsa, manzilga yetish yanada osonroq bo’ladi”, - deydi u.

NASAga ko’ra, mazkur soat 10 yilda atigi yetti millisekundga adashishi mumkin, xolos. Hajmi mikroto’lqinli pechdan kichik bo’lgan soat koinotdagi eng qattiq muhitga chidamlidir.

Yerda o’rnatilgan atom soatlari radio signalni Yerdan kosmik apparatgacha bo’lgan masofani qancha vaqtda bosib o’tishini o’lchash uchun ishlatiladi. Bunday ma’lumot astronavtlarga ularning joylashuvi va qayerga uchishi kerakligini bildirib turadi.

Raketaga yaqinroq joylashgan atom soati esa astronavtlarga Yerdan signalni kutmay navigatsiya qilish imkoniyatini beradi.

“Bundan keyin fazoga uchayotgan har bir apparatda atom soati bo’ladi degan umiddaman”, - deydi olim Jon Lou.

NASA muhandislarining aytishicha, kelajakda yanada kichikroq atom soatlari yaratilib, GPS sun’iy yo’ldoshlari ishini takomillashtirishga yordam beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG