Breaking News

AT&T "Time Warner"ni 85,4 milliard dollarga sotib olishga qaror qildi


Amerikaning yirik telekommunikatsiya kompaniyasi AT&T "Time Warner" (Taym Uorner) kompaniyasini 85,4 milliard dollarga sotib olishga qaror qildi. "Time Warner" tarkibiga CNN (Si-En-En) telekompaniyasi, HBO (Eych-Bi-Ou) televizion kabel kompaniyasi hamda "Warner Brothers" (Uorner Brazers) kinokompaniyasi kiradi.

Kelishuv amalga oshishi uchun "Time Warner" hissadorlari uni tasdiqlashi, AQShning aksil-monopoliya idorasi esa qonunga xilof emasligini tekshirishi lozim.

Har ikki kompaniya direktorlari kengashi kelishuvni bir ovozdan ma'qullagan.

AT&T “Time Warner” mahsulotlarini internet orqali va uyali aloqa vositalarida taklif etmoqchi.

"Bir-birini to’ldiruvchi xususiyatlarga ega ikki kompaniya o’rtasidagi ittifoq bu”, - deydi AT&T pravleniyesi raisi Rendall Stivenson.

Unga ko’ra, bundan keyin video mahsulot uchun pul to’lagan mijozlar uni istalgan vositada, turli platformalarda ko’rishi mumkin bo’ladi.

Respublikachilardan prezidentlikka nomzod Donald Tramp Oq uyga saylansa, bu kelishuvga to’siq qo’yishini aytdi.

“Ozchilikning qo’lidagi haddan tashqari hokimiyat bu”, - dedi u ikki kompaniya bitimini izohlarkan.

Tramp ommaviy axborot vositalaridan, xususan, Si-En-Enning saylov kampaniyasini qanday yoritayotganidan norozi. Tadbirkor nazarida, ular Trampning asosiy raqibi Xillari Klintonning yonini olmoqdda.

“Reyter” axborot agentligining bildirishicha, agar “Time Warner” boshqa xaridor topsa, AT&T ga 1,725 milliard dollar to’lashga, antimonopoliya idorasi kelishuvni tasdiqlamasa, AT&T “Time Warner”ga 500 million dollar to’lashga majbur bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG