Dunyoning turli burchaklaridan sara fotolar ...
Bugungi dunyo suratlarda – 1-avgust, 2023

1
Kiyevda SSSR davriga oid "Vatan" yodgorligidan sobiq ittifoq ramzlari olib tashlanmoqda. Uning o'rniga Ukraina gerbi o'rnatilishi kutilmoqda. Yangi yodgorlik 24-avgust - Ukrainaning Mustaqillik kunida ochiladi.
Poytaxtda Dnepr daryosining o'ng sohilida joylashgan eng yirik yodgorlik 1981-yilda o'rnatilgan edi.

2
Moskva so'nggi uch kun ichida ikkinchi bor dron hujumiga uchradi. Shahar meri Sergey Sobyaninning bildirishicha, havo kuchlari poytaxt osmonida bir necha dronni urib tushirgan.
Dronlardan biri biznes markazi binosini nishonga olgan. Jarohatlar qayd etilmagan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainani hujumni uyushtirganlikda ayblagan. Biroq Kiyev biror bayonot bilan chiqmagan.
Bundan avvalgi dron hujumi 30-iyul kuni qayd etilgan. Ikki bino fasadi zarar ko'rgan. "Associated Press" xabariga ko'ra, so'nggi oyda Rossiya poytaxtiga jami to'rt marta dron hujumini amalga oshirishga urinish bo'lgan.

3
Pekin tevaragida toshqin manzarasi

4
Pekin tevaragida toshqin manzarasi