Breaking News

Avstraliya qo'mondonligi Afg'onistonda harbiy jinoyatlar sodir etilganini tan oldi


Avstraliya Mudofaa kuchlari qo’mondoni general Angus Kempbell
Avstraliya Mudofaa kuchlari qo’mondoni general Angus Kempbell

Avstraliya Qurolli kuchlari qo’mondonligi to’rt yillik tergov natijasini e’lon qildi. Unga ko’ra, Avstraliya maxsus kuchlarining 25 a’zosi Afg’onistonda tinch aholini jang maydonidan tashqarida o’ldirib harbiy jinoyatlar sodir etgan.

Xalqaro hayot - 19-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:07 0:00

“Harbiy sudya Pol Brereton askarlarga qarshi 57 ta da’voni sinchkovlik bilan o’rganib chiqib, 23 holatda 39 odam noqonuniy o’ldirilgan degan xulosaga keldi. Jinoyatlarga, asosan, maxsus aviadesant xizmati polki jangchilari qo’l urgan. Qurbonlar orasida dehqonlar va boshqa fuqarolar bor. Harbiylar yangi askarlarni asirlarni otishga majburlagan”, - deydi Avstraliya Mudofaa kuchlari qo’mondoni general Angus Kempbell.

Jinoyatlar 2006-yildan 2013-yilgacha sodir etilgani aytiladi. General afg’on xalqidan uzr so’rab, jinoyatlarda gumon qilinayotgan askarlar ishlari bilan politsiya shug’ullanishini, ularning aybi isbotlansa, tergov hujjatlari Gaagadagi harbiy tribunalga oshirilishini aytdi.

Hisobot muallifi Avstraliya hukumatiga qurbonlar oilalalariga kompensatsiya to’lashni tavsiya qilmoqda.

Avstraliyaning Afg’onistonda salkam 1500 askari NATO kuchlari tarkibida xizmat qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG