Breaking News

Ozarbayjon va Armaniston o'rtasida qurolli to'qnashuvlarning 5-kuni


Tog'li Qorabog'ning yaralangan arman jangchisi
Tog'li Qorabog'ning yaralangan arman jangchisi

Bugun Ozarbayjon va Armaniston o’rtasidagi qurolli to’qnashuvlarning beshinchi kuni. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tarqatgan videoda arman pozitsiyalarining artilleriyadan o’qqa tutilayotgani ko’rsatiladi.

Xalqaro hayot – 1-oktabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:33 0:00

Qator mamlakatlar taraflarni sulhga chaqirmoqda, biroq na Boku, na Yerevan urushni to’xtatish da’vatlariga quloq solyapti.

Armanlar yashovchi Tog’li Qorabog’ rasmiylariga ko’ra, o’tgan yakshanbadan beri 100 ga yaqin harbiy xizmatchilari halok bo’lgan. Ozarbayjon harbiy talofatlarini oshkor etmayapti; 14 tinch fuqarosi o’lganini, 46 nafarining yaralanganini ma’lum qildi.

Yarador askarlardan xabar olish uchun Bokudagi kasalxonaga rafiqasi va birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva bilan borgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning aytishicha, Armaniston qurolli kuchlari munozarali hududni tark etsagina tinchlik qaror topadi.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Rossiya rahbari Vladimir Putinga qo’ng’iroq qilib, vaziyat xususida gaplashgan. Har ikki davlat mojaroni tinch yo’l bilan hal qilishga chaqirmoqda. Rossiya va Fransiya AQSh kabi Tog’li Qorabog’ mojarosiga vositachilik qilayotgan Minsk guruhi a’zolaridir. Guruh Kavkazdagi vaziyat bo’yicha bayonot tayyorlamoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov armanistonlik va ozarbayjonlik hamkasblari bilan telefonda gaplashib, Moskvaning vositachilik rolini taklif etgan. Lavrov Yevropa Ittifoqi rasmiylari bilan ham muloqot qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG