Breaking News

Babchenko o'limining soxtalashtirilgani ma'nan to'g'rimi?


Arkadiy Babchenko
Arkadiy Babchenko

Rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenkoning Ukraina xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o’z o’limini sahnalashtirgani ba’zi kuzatuvchilar va ma’naviyat bo’yicha mutaxassislar noroziligiga sabab bo’ldi.

Xalqaro hayot - 4-iyun, 2018-yil - Babchenko o'limining soxtalashtirilgani ma'nan to'g'rimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00

Soxta qotillik mualliflari bunday amaliyot muxbir hayotini saqlab qolish hamda uning joniga qasd qilmoqchi bo’lganlarni fosh qilish uchun kerak bo’lganini aytadi.

29-may kuni Arkadiy Babchenkoning Kiyevdagi uyida o’ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Shundan 24 soat o’tgach, Babchenko soppa-sog’ holatda Ukraina xavfsizlik xizmati uyushtirgan matbuot anjumaniga kirib keldi. Uning aytishicha, bu qotillikni rejalayotgan rossiyalik agentlarni qo’lga tushirishning yagona yo’li edi, biroq amaliyotning qanday o’tkazilgani kuzatuvchilar tanqidiga uchradi.

41 yashar yozuvchi, jurnalist va harbiy muxbir Kremlning tanqidchisi bo’lib, ko’plab tahdidlardan so’ng o’tgan yil fevralida Rossiyani tark etib, oktabr oyidan beri Kiyevdagi ATR Qrim-tatar telekanalida ishlab kelayotgan edi.

“Menga yuklangan vazifani bajardim”, - deydi u so’nggi voqealarni tushuntirarkan.

Amaliyotning, ayniqsa, soxta yangiliklar davrida qanday o’tkazilgani tanqidlarga uchradi.

“Bir tomondan, agar bu rejalanayotgan qotillikning oldini olish uchun yagona yo’l bo’lsa, uni oqlashga harakat qilsa bo’ladi. Biroq uzoq muddatda Ukraina xavfsizlik xizmati, boshqa davlat idoralariga ishonchga putur yetishi mumkin”, - deydi Diplomatiya va global muloqot markazidan tahlilchi Maykl Karpenter.

Unga ko’ra, keyingi safar o’xshash fojia yuz bersa va dissident yoki jurnalist o’ldirilsa, ko’pchilik xabarni tarqatishdan oldin uning haqiqiyligini tekshirishga harakat qiladi.

Jorj Vashington universitetida Matbuot va ijtimoiy aloqalar fakulteti rahbari Frank Sesnoning aytishicha, Ukraina hukumati matbuot bilan ishonchni tiklashga harakat qilishi kerak.

“Buning uchun bo’lgan voqea bo’yicha to’la shaffoflik va rostgo’ylik zarur. Nega bunday bo’ldi, kim buni buyurdi, qanday sabablarga ko’ra, natijasi nima bo’ldi – mana shularni bilish muhim”, - deydi u.

Agar Rossiya haqiqatan Babchenkodan qutulmoqchi bo’lgan bo’lsa, amaliyot uni bunday imkoniyatdan mahrum qildi, ammo shu bilan birga, Rossiyaga qo’l keldi.

“Rossiya bu vaziyatdan unumli foydalanishga harakat qilishi shubhasiz. Rossiya nafaqat bo’lgan voqeani, balki Ukraina hukumatidan chiqayotgan barcha xabarlarni endi soxta yangiliklarga chiqaradi”, - deydi Maykl Karpenter.

Tahlilchiga ko’ra, Ukraina hukumati mantiqiy izohlar bermas ekan, butun dunyo jurnalistlari ham kelajakda bu mamlakatdan kelayotgan xabarlarga ehtiyotkorlik bilan yondashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG