Breaking News

Bolqonlik jihodchilar: 20 yil oldingi urushning bugungi asoratlari


Bolqonlik jihodchilar: Urushdan 20 yil o'tib
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:30 0:00

Suriyada “Islomiy davlat” va boshqa ekstremistik guruhlar safida Bolqondan yuzlab jangarilarning borligi aytiladi. IShID mintaqadan yanada ko’proq yoshlarni jalb qilishga urinmoqda. Tahlilchilar xulosasiga ko’ra, ekstremistlar odamlarni yollashda Bolqondagi siyosiy beqarorlik va iqtisodiy muammolardan foydalanmoqda.

1993-yil sentabr oyida bir guruh xorijlik jangarilar Bosniyaning xorvatlar nazoratidagi Vitez shaharchasini egallab, uylarni yoqadi, asirlarni qatl etadi, katta sondagi odamlarni yaralaydi.

Bir yil avval Afg’oniston urushida qatnashgan muhojirlar Bosniyaga otlangan edi. Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdan ham kelganlar bo’ldi. Saudiyalik Ayman Din ulardan biri edi.

“Afg’onistondagi ko’plab mujohidlar u yerdagi o’zgarishlardan o’zlarini chetda qolgandek his qildi. Bosniyada urush boshlangach, ular shu urushnu o’z jihodiy maqsadlarini amalga oshirish uchun bir imkoniyat sifatida ko’rdi”, - deydi sobiq jihodchi.

1993-yil mujohidlar guruhi rasman Bosniya armiyasiga qabul qilindi. Ular soni 1500 dan ortdi. Ular vahshiyligi, qiynoq usullari va tezkor o’ldirishi bilan tanilgan edi.

“Serbiyalik asirlarni qanday o’ldirganlariga guvoh bo’lganman. Ular barchasi askarlar, Serb harbiy guruhi vakillari edi”, - deydi Ayman Din.

Xorijlik jangarilar o’zlari bilan global jihodga chaqiruvchi radikal salafiy mafkurasini ham olib keldi, deydi bosniyalik dinshunos Hajruddin Somon.

“Ular Bosniyani islomni tor tushunishga asoslangan aqidalarini yoyish uchun juda mos joy deb bilishdi”, - deydi u.

Mamlakat musulmonlari o’zini mo’tadil sunniylar deb biladi.
Vyekoslav Vukovich - Bosniya va Gersegovina xavfsizlik vazirining terrorizmga qarshi kurash bo’yicha o'rinbosari.

“Xorijlik jangarilar Bosniya va Gersegovinadagi musulmonlarga noto’g’ri e’tiqod qilayotganini, yaxshi musulmon emasliklarini aytadi. Ular o’zlari olib kelgan islomni haqiqiy din qilib ko’rsatadi”, - deydi u.

Urush tugab, yuzlab jangchilar shu yerda qoldi. Ular tog’larda salafiy jamoatlarini tuzdi. Bosniyadan “Islomiy davlat”ga kelib qo’shilgan 200 dan ortiq jangari shu jamoatlardan.

“Bosniya musulmon olamida davom etayotgan jihod ixtiloflarining faqat bir epizodi edi. Xalifalik o’rnatishga qaratilgan harakatga tayyorgarlik bu”, - deydi Ayman Din.

Bu fikrga hamma ham qo’shilmasa-da, mujohidlar harakatining dunyoga ta’siri oradan 20 yil o’tib ham sezilmoqda. 11-sentabr tashkilotchisi Xolid Shayx Muhammad ham shu oqimga mansub. Boshqa yuzlab sobiq mujohidlar al-Qoidaga qo’shildi yoki Pokiston va Chechenistondagi urushlarga ketdi. Endi esi “Islomiy davlat” saflarini to’ldirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG