Breaking News

"Barselona" futbol klubi a'zolari yangi prezidentni saylaydi


7-mart kuni Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi prezidenti lavozimiga saylov o’tkaziladi. 10 yil oldin dunyoning eng kuchli jamosi deb tan olingan klub so’nggi yillarda katta muammolar bilan yuzlashmoqda, 2015-yildan beri birorta xalqaro musobaqada g’alaba qozona olgani yo’q.

Xalqaro hayot – 5-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:55 0:00

“Barselona”ning eng so’nggi prezidenti Jozep Bartomeu 5 oy oldin iste’fo berishga majbur bo’ldi, hafta boshida esa korrupsiyaga doir tergov doirasida hibsga olindi.

Klub bosh murabbiyi Ronald Kuman kelajagi mavhum ekanini tan oladi.

Prezidentlikka uch kishi da’vo qilmoqda: “Barselona” sobiq rahbari Joan Laporta, tadbirkor Viktor Font va huquqshunos Toni Freysha.

Kuni kecha javob uchrashuvida “Sevilya” jamoasini mag’lub etib, Ispaniya kubogi yoki Qirol kubogi musobaqasida finalga yo’llanma olgan klub murabbiyiga ko’ra, shartnoma bo’yicha u yana bir yil ishlab berishi kerak, shundan so’ng uning taqdiri yangi rahbarga havola.

Laporta saylansa, ikki yirik klub nigohiga tushgan Lionel Messining “Barselona”da qolishini aytmoqda. Font murabbiylikka klub afsonasi Xavi Ernandesni taklif etishini bildirgan, biroq Xavining o’zi birorta nomzodni qo’llab-quvvatlamasligini aytishi ketidan Fontning g’alabaga imkoniyati bir oz tushdi.

Freysha klubga yosh yulduzlar Erling Xoland va Kilian Mbappeni sotib olishini aytdi, biroq hozircha bunday va’dalarga ishonayotganlar ko’p emas.

Yangi rahbarni “Barselona” klubining 110 mingdan ortiq a’zosi saylaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG