Breaking News

AQSh Belarusda muxolifatni qo'llab-quvvatlamoqda


Bigun va Tixanovskaya Litvada uchrashmoqda

Belarusda Prezident Aleksandr Lukashenkoga qarshi namoyishlar davom etarkan, kecha militsiya kamida 50 odamni hibsga olgan. Muxolifatning Muvofiqlashtirish kengashiga a’zo ikki faol ham ushlangan, boshqa a’zolari so’roqqa tutildi.

Xalqaro hayot – 27-avgust, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:19 0:00

Ulardan biri muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskayaning safdoshi Mariya Kolesnikova bo’lib, u “Amerika Ovozi” bilan suhbatda AQSh va Yevropa Ittifoqi berayotgan yordamni olqishladi.

“Yordam uchun minnnatdormiz, ammo Belarusdagi voqealarga 100 foiz biz mas’ulmiz”, - dedi u.

Oq uy Belarus siyosati bilan shug’ullanishni AQSh davlat kotibi muovini Stiven Bigunga yuklagan.

“Qo’shma Shtatlar Belarusda saylovlardan beri kuzatilayotgan inson huquqlarining poymol etilishini qoralagan holda Belarus hukumatini barcha siyosiy mahbuslarni ozod etishga chaqirmoqda. AQSh Belarusdagi voqealar rivojini hal qilmaydi. Bu belarus xalqining huquqidir”, - dedi rasmiy.

Bigun Litvada bu mamlakatga qochishga majbur bo’lgan Tixanovskaya bilan uchrashdi. Tahlilchilar uchrashuv mohiyatini tushuntiradi.

“AQSh bu uchrashuv orqali Tixanovskayani tan olishini, Lukashenkoni qo’llab-quvvatlamasligini ko’rsatdi. Tixanovskaya saylovda g’alaba qozongan ko’rinadi, shu sabab ham uning tarafidamiz”, - deydi Vashingtondagi “Xeritij jamg’armasi”dan Aleksis Mrachek.

Boshqa kuzatuvchilar nazarida, AQSh qadamini o’ylab bosishi kerak, chunki Lukashenko bo’layotgan voqealarni G’arbning Sharqqa qarshi fitnasi deya ta’riflashga harakat qilarkan, Rossiya vaziyatga aralashishi mumkin.

“Agar AQSh keragidan ortiqcha faollik qilsa, Rossiya buni Belarus ichki ishlariga aralashuv sifatida ko’rishi va ahvol keskinlashishi mumkin. Biz Rossiyaning Belarusga qo’shin kiritishiga yo’l qo’ymasligimiz kerak”, - deydi “Atlantika kengashi” tahlil markazidan Mark Simakovskiy.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Lukashenko iltimosiga ko’ra Rossiyada huquq-tartibot organlari vakillaridan zaxira kuchlari tashkil etilgan va bu kuchlar Belarusda namoyishlar zo’ravon tus olsagina qo’llanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG