Breaking News

AQSh rasmiysi Litvada Tixanovskaya bilan uchrashdi


Uchrashuv paytida

Belarusda Prezident Aleksandr Lukashenkoga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Chiqishlar tinch o’tyapti, namoyishchilar qo’shiq va raqslar ijro etmoqda.

Xalqaro hayot – 25-avgust, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:19 0:00

Muxolifatning Muvofiqlashtirish kengashi a’zolari davlat rahbarining poytaxt Minsk markazida avtomat bilan yurganini tanqid qildi.

“Davlatni boshqarayotgan odamning allambalo kiyimda qurol ko’tarib yurgani g’alati ko’rinyapti menga. Chegarada harbiy mashqlar o’tkazishyapti, Minsk markazida esa bu odam qurol bilan yugurib yuribdi”, - deydi Mariya Kolesnikova.

Bundan bir kun oldin Lukashenko vertolyotda namoyish bo’lgan joyni aylanib, namoyishchilarni “tumtaraqay bo’layotgan kalamushlar” deb atadi. So’ng vertolyot prezident saroyi hududiga qo’nib, Lukashenko zirhli kiyimda, qo’lida qurol bilan chiqdi.

Kolesnikovaning aytishicha, Belarusdagi namoyishlarning kuchi ularning markazlashmaganida.

“Norozilik aksiyalari, tashabbuslar muvofiqlashtirilgani yo’q, namoyishlarda barcha ijtimoiy guruhlar vakillari, jamiyatning barcha jabhalaridan odamlar qatnashmoqda. Nafaqat shaharlarda, qishloq joylarida ham”, - deydi muxolifatchi.

Bu o’rtada AQSh davlat kotibi muovini Stiven Bigun Litvada Belarus muxolifati rahbari Svetlana Tixanovskaya bilan ko’rishdi. Tixanovskaya 9-avgust kuni o’tgan saylovda Lukashenko bilan bellashib, saylov komissiyasiga ko’ra 10 foiz ovoz to’plagan. Biroq uning tarafdorlari ovozlar soxtalashtirilgan deya, saylovlarni yangidan o’tkazishni talab qilmoqda. Tixanovskaya qo’shni Litvaga qochishga majbur bo’ldi.

Bigun uchrashuvdan maqsad Belarusdagi siyosiy manzaraga aniqlik kiritish ekanini aytdi. Amerikalik siyosatchi Belarus hukumatini muxolifat bilan kelishishga, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vositachiligini qabul qilishga chaqirmoqda.

AQSh rasmiysi bugun Moskvada ham bo’lib, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Belarusdagi vaziyatni muhokama qildi.

Bu o’rtada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin so’nggi 10 kunda uchinchi bor Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG