Breaking News

Bing'ozi bandargohida iqtisodiy faoliyat tiklanmoqda


Bing'ozi porti
Bing'ozi porti

Liviyada turli kuchlar ixtilofi sabab faoliyati qisman to’xtagan Bing’ozi bandargohi uch yillik tanaffusdan so’ng qayta ochilgan. Rasmiylar mamlakatda savdoni jonlantirish uchun zarur mablag’ni port hisobiga ko’tarishga umid qilmoqda.

Liviyaning poytaxt Tripolidan so’ng ikkinchi yirik shahrida biznes jonlanmoqda. 2014-yilda boshlangan ichki nizolar oqibatida avval surunkasiga ishlagan bandargoh so’nggi uch yil davomida faqat kunduzi ishlardi.

“Infratuzilma barbod bo’lgan. Maydonlar asfaltlanmagan, tunda ishlash uchun chiroqlar yo’q. Bundan keyin daromad hisobiga ta’mir ishlari bilan shug’ullanib, infratuzilmani tiklab olamiz degan niyatdamiz”, - deydi Liviya port kompaniyasi boshqaruvchisi Zaid Bozrayda.

Zo’ravonliklar natijasida Bing’ozi shahri ham, bandargoh ham katta zarar ko’rgan. Raqib guruhlar nazorat uchun tinmay kurashdi.

Bugunga kelib har kuni portning 18 ta platformasida 400 ming tonnadan ziyod bug’doy qabul qilinadi. Bu 2014-yildan oldingi faoliyatdan ikki baravar ko’p.

2014-yilgacha bandargoh oyiga besh million dollar atrofida daromad keltirardi. Kompaniya tushumni besh yarim million dollardan oshirib, portning o’ziga qayta sarmoya qilish orqali u yerda ishlayotgan 1400 xizmatchi uchun imkoniyatlarni kuchaytirmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG