Breaking News

Berlinda ko'ngillilar karantinda o’tirgan mahalladoshlarga yordam bermoqda


Germaniya poytaxti Berlinda mahalladoshlar koronavirus pandemiyasi sabab ko’chaga chiqa olmayotgan odamlarga oziq-ovqat yetkazuvchi onlayn xizmat tashkil etdi.

Ehtiyojmand odamlar “Shop4Me” deb nomlanuvchi sahifaga kirib, buyurtma beradi, ko’ngillilar esa bozorga chiqib, shu kunning o’zidayoq oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib beradi.

Jon Vort ismli yigit Berlinda karantin joriy etilganidan beri koronavirusdan uyda qamalib qolgan odamlarga xizmat qiladi. U velosipedda organik mahsulot sotuvchi do’konlarga qatnab, qo’ni-qo’shniga yordam beradi.

Shu kungacha kimdir unga telefon orqali, kimdir esa pochta qutisiga xat tashlab iltimos qilardi. Ushbu xizmat samaradorligini oshirish maqsadida Vort va yana 7 kishi to’planib, Shop4Me sahifasini yaratdi.

"Dorixona va uchta mahalliy supermarketga qatnaymiz”, - deydi Vort.

Ko’ngillilar xizmati uchun pul olmaydi, faqat mahsulot uchun. Ayni paytda ular bir mahalladagi 40 ta odamga xizmat ko’rsatmoqda. Vortning aytishicha, bu ishni boshqa mahallalarda ham qilsa bo’ladi.

"Biz yaratgan tizimni istalgan joyda qo’llasa bo’ladi. Nafaqat Berlin yoki Germaniyada, balki boshqa mamlakatlarda ham”, - deydi Vort.

Germaniyada ayrim do’konlar yopilganiga qaramay, supermarketlar ishlab turibdi. Odamlar uydan chiqishi mumkin, biroq ikkitadan ortiq to’planish man qilingan.

Bu mamlakatda 100 mingdan ziyod odam koronavirus yuqtirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG