Breaking News

Bayden Yugoslaviya urushi jabrdiydalariga hamdardlik bildirdi


AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden (chapda) Kosovo Bosh vaziri Isa Mustafa bilan, Pristina, Kosovo, 17-avgust, 2016-yil.
AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden (chapda) Kosovo Bosh vaziri Isa Mustafa bilan, Pristina, Kosovo, 17-avgust, 2016-yil.

AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden Serbiya va Kosovoga tashrifi chog’ida 1999-yilda NATOning Yugoslaviyaga qarshi havo hujumlarida nobud bo’lgan insonlar oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Bayden bir paytlar umumiy davlat tarkibida bo’lgan, hozir esa mustaqil va bir-biriga raqib Serbiya va Kosovoni munosabatlarini iliqlashtirishga chaqirdi.

"So’nggi 30 yildan beri Serbiyaga qo’shni Xorvatiya, Kosovo, Chernogoriya va boshqa hududlarni Yevropaning muhim bir qismi deb ko’raman. Yevropa ilk bor birlashdi, butun va erkin. Serbiya ham uning bir qismidir. Serbiya iqtisodiy va siyosiy tomondan gurkirasa, butun mintaqa bundan foyda ko'radi”, - dedi Bayden.

1999-yil havo hujumlari natijasida Serbiyaning albanlar yashovchi o’lkasi Kosovo undan ajralib, mustaqil davlat e’lon qildi. O’shanda senator bo’lgan Bayden NATO bombardirovkalarini qo’llab-quvvatlagan edi.

“Yugoslav urushiga chek qo’yilishiga hissa qo’shganimdan farxlanaman”, - deydi u.

Bayden Belgradda yuzlab serb millatchilari namoyishiga duch keldi. Ular AQShda respublikachilardan prezidentlikka nomzod Donald Trampni qo’llab-quvvatlovchi shiorlar bilan Baydenga noroziligini bildirdi.

AQSh tufayli mustaqillikka erishgan kosovoliklar bu mamlakatga mehr qo’ygan, ammo Belgradni vayron qilgani uchun serblarda Amerika va NATOga nisbatan xusumat kuchli. Serbiya, ittifoqchisi Rossiya kabi, Kosovo mustaqilligini tan olmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG