Breaking News

Prezident Bayden tabiiy ofat zonalarini ko'zdan kechirdi


Bayden Luizianada
Bayden Luizianada

AQSh Prezidenti Jo Bayden o’tgan hafta oxirida Luiziana, Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlariga borib, “Ida” post-tropik bo’ronidan zarar ko’rgan rayonlarni, vayronalarni ko’zdan kechirdi. Ayni paytda hududlarni tozalash ishlari ketyapti.

Xalqaro hayot – 6-sentabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:32 0:00

“Ida” dovul shaklida avval Luiziana shtatini qaqshatdi, millionlab odamlarni elektr quvvatisiz qoldirdi. Ushbu shtat 16 yil oldin “Katrina” dovuli qurboni bo’lgan edi. Shundan keyin shtatda to’g’onlar mustahkamlandi, aks holda “Ida” kattaroq vayronalarga sabab bo’lardi.

“Luiziana ahliga 100 million dollar miqdorda to’g’ridan-to’g’ri yordam ko’rsatdik. Har bir kishining bankdagi hisob raqamiga 500 dollardan pul tushadi favqulodda ehtiyojlar uchun”, - dedi Bayden.

Sinoptiklarning bashorat qilishicha, okeanda suv harorati ko’tarilgani sari bo’ronlar kuchayaveradi.

Baydenning iqlim o’zgarishi bo’yicha maslahatchisi Sedrik Richmondning aytishicha, bundan keyin tabiiy ofatlar yil sayin kuchayib, katta vayronalarga sabab bo’laveradi.

“Odamlar iqlim o’zgarishi oqibatlarini ko’rib qo’yishsin. Bunga qarshi qonunlar qabul qilishimiz kerak”, - deydi u.

Luizianada shu kunlarda benzin ham muammo. Odamlar generatorlar orqali elektr quvvati ishlab chiqarmoqda.

AQSh Senatining luizianalik respublikachi vakili Bill Kassidi federal hukumatning tezkor choralariga yuqori baho berdi.

“Federal idoralardan vakillar kelib ketishdi. Ammo yordamni oshirish kerak – elektr quvvati, uylar kerak, infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan qonun loyihasini qabul qilishimiz lozim”, - dedi qonunchi.

“Ida” bo’roni va toshqin natijasida bir necha shtatda 40 dan ziyod odam o’ldi.

“Yo’q joydan paydo bo’ldi. Shaharchamiz tinchini buzdi”, - deydi odamlardan biri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG