Breaking News

AQSh kelasi yildan 125 ming qochqinni qabul qila boshlaydi


AQSh qochqinlarni qabul qilish dasturini kengaytiradi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:11 0:00

Bayden ma’muriyati o’tgan to’rt tilda joriy etilgan immigratsion cheklovlarni sekin-asta bekor qilmoqda. Ammo ekspertlarning aytishicha, qochqinlarni joylashtirish dasturi qayta ishga tushishi uchun vaqt kerak.

Keniyadagi chiptaxonada o’tirib, Abdurazzoq Ibrohim AQShdagi yangiliklarni kuzatadi. U asli Somalidan. 2004-yilda poytaxt Mogadishoni tark etib, qochqinga aylangan. Oilasi bilan 2017-yil boshida AQShga ko’chib o’tishi tasdiqlangan edi.

Biroq Donald Tramp prezidentlikka kirishishi bilan aholisi musulmonlardan iborat davlatlar, jumladan, Somali fuqarolarining AQShga kelishini taqiqladi.

“Barcha intervyulardan, tibbiy ko’rikdan o’tdim. Ko’chish uchun nima talab bo’lsa bajardim. So’ngra Tramp sayohatni cheklaydigan farmonga qo’l qo’ydi. To’rt yildan beri Keniyada yashab, ko’chishimizni kutyapman”, - deydi Ibrohim.

U Prezident Jo Baydenning cheklovlarni bekor qilish, qochqinlar uchun dasturni kengaytirish qarorini olqishlaydi.

“O’zgarishlar bizni ham qamrab oladi degan umiddaman”, - deydi u.

Oktabrdan boshlab AQSh yiliga 125 ming qochqinni qabul qila boshlaydi. Tramp ketishidan oldin bu raqam 15 ming edi.

“Buzilgan narsalarni tiklash uchun vaqt kerak”, - deydi AQSh rahbari.

Bunga bir necha omillar qatorida pandemiya ham sababchi.

“Moliya masalasida, kadrlar masalasida, dasturlarni qayta boshlashda qiyinchiliklar bo’lishi tayin. Ammo qochqinlarni qabul qilish darajasini avvalgi ko’lamga qaytarishda eng katta muammo bu pandemiya”, - deydi BMT Qochqinlar agentligi vakili Kristofer Boyan.

AQShdagi immigratsion tashkilotlar yaqin orada ish ko’payishini kutmoqda.

“Xodimlarni yollab to’liq ishga tushishni, hamkorlarimiz bilan birgalikda qo’shimcha idoralar ochishni rejalayapmiz”, - deydi “HIAS” qochqinlar agentligi direktori Alisiya Ren.

Tramp siyosatini quvvatlovchi tomonlarga ko’ra, qochqinlarni boshdan-oyoq tekshirgan ma’qul, toki ular Qo’shma Shtatlar uchun xavf tug’dirmasin.

“Tramp prezidentligining dastlabki yilida tekshiruv dasturi qayta ko’rib chiqilgan edi. Bu ish bir necha yilda bir marta qilinishi lozim. Tramp boshlab bergani uchungina uni bekor qilmang”, - deydi “Heritage” nomli konservativ tahlil markazidan Lora Ries.

Faollar nazarida esa xavf bo’rttirib ko’rsatilyapti.

“Qochqinlar jinoyatchi yoki terrorchi bo’lishi mumkin degan asossiz da’volar mavjud. Haqiqat shuki, Amerikaning o’zida tug’ilganlar bilan solishtirganda qochqin odam jinoyat sodir etishi ehtimoli juda past”, - deydi Lyuteran immigratsiya xizmati nomli tashkilot rahbari Krish Vignaraja.

Abdurazzoq Ibrohim umidsizlikdan charchaganini aytadi.

“Bu yerdagi mavhumlikni ortda qoldirib, yaxshiroq hayot ilinjinida boshqa mamlakatga ko’chishni istayman”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG