Breaking News

Baydenning Rossiyaga nisbatan siyosati qanday bo'ladi?


Arxiv surat. 2011-yil 1-martidagi Bayden-Putin uchrashuvi (Moskva)
Arxiv surat. 2011-yil 1-martidagi Bayden-Putin uchrashuvi (Moskva)

AQSh Prezidenti Jo Bayden o’tgan hafta Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muloqot chog’ida Germaniyadan qaytishi bilan hibsga olingan muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy mavzusini ham ko’targan.

Baydenning Rossiyaga nisbatan siyosati qanday bo'ladi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:40 0:00

Oq uyning bildirishicha, Qo’shma Shtatlar Rossiya bilan aloqalarda inson huquqlari mavzusidan chekinmaydi.

“Bayden bu boradagi xavotirlarini, Aleksey Navalniy va namoyishchilarga nisbatan muomalaga doir xavotirlarini yashirmadi”, - dedi Bayden matbuot kotibi Jennifer Psaki.

Navalniy mavzusini ko’targan AQSh yangi davlat kotibi Entoni Blinken Kreml bir odamdan shunchalik tashvishda ekanidan hayratdaligini bildirdi.

“Janob Navalniyning xavfsizligi va salomatligidan chuqur xavotirdamiz. Navalniy Rossiyadagi ko’plab odamlarning fikrini ifoda etarkan, uning ovozini o’chirish emas, unga quloq solish kerak”, - deydi Blinken.

AQSh Rossiyani Navalniy mavzusida tanqid qilishiga qaramay, Putin strategik hujumkor qurollarni qisqartirishga qaratilgan ikki tomonlama bitimning 5 yilga uzaytirilishini olqishladi. Tashqi siyosat bilan shug’ullanuvchi ayrim tahlilchilar Baydenning Putinga realistik yondashuvini ijobiy baholamoqda.

“Bayden siyosati hamma narsani, haqiqatni ochiq bayon qilishdan iborat ekani ko’zga tashlanmoqda, garchi ba’zan haqiqat achchiq bo’lsa-da. Shu bilan birga, u ikki davlat milliy manfaatlari uchun muhim bo’lgan va chala qolgan ishlarni ham olg’a yurgizishga urinmoqda”, - deydi AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Tomas Pikering.

Ayrim ekspertlar nazarida, AQSh va boshqa mamlakatlar uchun Navalniy hamda Rossiyada inson huquqlarining poymol bo’layotgani mavzusini ko’tarish muhim, ammo ko’p narsani kutmaslik kerak.

“Qo’shma Shtatlar harakatlarim Rossiyada siyosiy o’zgarishlarga ijobiy turtki beradi degan orzudan voz kechishi kerak deb o’ylayman”, - deydi Garvard universitetidan Tomas Remington.

Sobiq prezident Donald Tramp Putinni ochiq tanqid qilmagan, garchi uning ma’muriyati Rossiyaga qarshi qator sanksiyalar qo’ygan bo’lsa-da. Ekspertlar nazarida, Baydenning keyingi 4 yildagi siyosati Trampnikidan ancha farq qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG