Breaking News

Alsgeymer kasalligiga dori AQShda tasdiqdan o'tdi


AQShning Oziq-ovqat va dori-darmon sifatini nazorat qilish boshqarmasi so’nggi salkam 20 yilda Alsgeymer kasalligiga qarshi ilk dorini shartli ravishda ma’qulladi. “Biogen” kompaniyasi yaratgan preparat "adukanumab" deb ataladi, biroq sotuvga adugelm nomi bilan chiqariladi.

Xalqaro hayot – 8-iyun, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:03 0:00

"Adukanumab" inson miyasida hosil bo’luvchi oqsil quyqalar yoki amiloidni parchalaydi. Amiloid hujayralarga zarar yetkazadi, xotira, fikrlash va muloqot qilish bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqaradi.

Muolaja umrbod bo’lib, preparat bemorga yiliga 56 ming dollarga tushishi aytilmoqda.

Dunyoda 30 milliondan ortiq odam Alsgeymer kasalidan aziyat chekadi, aksariyati 65 yosh va undan kattalar.

So’nggi 10 yilda bu kasallikka qarshi 100 dan ortiq dori sinaldi, biroq birortasi samara bergani yo’q.

Biroq ba’zi mutaxassislar dorining samaradorligini shubha ostiga qo’ymoqda. Boshqarma “Biogen” kompaniyasiga dori sotuvga chiqarilganidan keyin ham sinovlarni davom ettirish va preparatni yaxshilash talabini qo’ymoqchi.

68 yashar angliyalik Aldo Seresa 2017-yildan beri klinik sinovlarda qatnashadi. Mutaxassisligi bo’yicha jarroh bo’lgan bu odam 10 yil oldin Alsgeymer kasalligiga duchor bo’lgan. Shundan keyin ishini tashlashga majbur bo’ldi.

Adukanumab preparati Britaniyada tasdiqdan o’tgani yo’q, klinik sinovlar davom etmoqda. Biroq Seresa ahvolida ijobiy o’zgarish kuzatilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG