Breaking News

Roza Parks – Amerika xalq qahramoni


Yaqinda AQSh qonunchilik organi Kongressda tenglik uchun kurash qahramonlaridan biri Roza Parks yodga olindi. Bu azim binoda uning sharafiga haykal qo’yildi.
Roza Parks - Amerika xalq qahramoni/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:15 0:00
Yuklab oling

Roza Parks – Amerikada fuqaro huquqlari harakatini boshlab bergan mard inson.

Uning uch metrli bronza haykalini ochish marosimida prezident Barak Obama va boshqa arboblar qatnashdi. Qora tanli bu ayol 1955-yilda avtobusga chiqib, orqa o’rindiqda o’tirishdan bosh tortadi va shu tariqa mamlakat tarixida burilish yasaydi.

“Ko’rinishi sipo, jasoratda tengsiz tikuvchi ayolni yodga olayapmiz bugun. Adolatsizlikka yo’q degan u”, - deydi Obama.

Prezident Obama uning mardligini e’tirof etdi:

“Roza Parks birgina qarori bilan fuqaro harakatiga turtki bergan. Shuning uchun uning haykali Kapitoliydan joy oldi. Yetakchilik nima ekanini, fuqarolik mohiyatini hammamizga eslatib tursin”.

Bu Kapitoliyda afro-amerikalik ayol sharafiga o’rnatilgan birinchi yodgorlik. Roza Parks 1950-yillarda AQSh janubida irqiy segregatsiya, ya’ni oq va qora tanlilarni bir-biridan ajratish siyosatiga qarshi chiqqan.

Kongressmen Jeyms Klaybern deydiki, uning vatan qahramonlari orasida o’z o’rni bor.

“Bu yurt tenglik uchun kurashda olovli yo’lni bosib o’tgan. Roza Parks ana kurash ramzi sifatida tarix sahifalariga kiradi”.

1955-yilda Alabama shtatining Montgomeri shahrida Roza Parks jamoat transportiga chiqib, oldinda o’tirib oladi. O’z joyini oq tanli yo’lovchiga bermaydi. Ayolni qamoqqa olib, jarima solishadi.

O’sha davrda janubdagi qonunlar avtobus va restoranlarda oq va qoralar birga o’tirishini man etgan. Parksning hibsga olinishi ketidan afro-amerikaliklar orasida boykot boshlanib, diskriminatsiyaga qarshi kurashga aylanadi.

Parks 1991-yilda “Amerika Ovozi”ga intervyusida shunday degan:

“Boshqalarga nisbatan qanday munosabatda bo’lsangiz, sizga ham shunday munosabatda bo’lishadi”.

Parks qatnaydigan cherkov pastori Martin Lyuter King boykotga yetakchilik qiladi. Qora tanlilar Alabamada jamoat transportidan foydalanmay qo’yadi.

“AQSh Oliy Sudining segregatsiya to’g’risidagi qarori va nihoyat Montgomeriga yetib keldi. Transportda odamlarni ajratish hech qanday mantiqqa to’g’ri kelmaydi”, - degan edi King.

Roza Parks 2005-yilda vafot etdi. Uning nomini adabiyatga muhrlash, merosini avaylash uchun Kapitoliyda jasur ayol nomiga haykal o’rnatildi.

Roza Parks kim? Rosa Parks American hero
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:42 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG