Breaking News

AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk yaqin kunlarda O'zbekiston va Turkmanistonga safar qiladi


AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk yaqin kunlarda O'zbekiston va Turkmanistonga safar qiladi
AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk yaqin kunlarda O'zbekiston va Turkmanistonga safar qiladi

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha muovini Robert Bleyk (Blake) yetakchiligidagi yirik delegatsiya 14-16 iyun kunlari Ashgabatda, unda keyin esa, 17-18 iyunda, Toshkentda bo'ladi.

Muzokaralarda xavfsizlik va siyosiy hamkorlik, iqtisodiy yordam, huquq va erkinlik bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqiladi, deydi Davlat departamenti so'zlovchisi Filip Krouli.

Robert Bleyk, "Amerika Ovozi"ga bergan intervyularida, bu yillik muloqotlarni muhim voqealar deb atab, Markaziy Osiyodagi besh davlat bilan alohida maslahat kengashlari yo'lga qo'yilganini aytib o'tgan edi.

AQSh delegatsiyasi tarkibida Davlat kotibining Demokratiya, Inson huquqlari va Mehnat masalalari bo'yicha muovini Maykl Posner hamda Oq Uy qoshidagi Xavfsizlik Kengashida Markaziy Osiyo uchun mas'ul Kurt Donneli ham bo'ladi.

Nafaqat hukumat a'zolari balki fuqaro jamiyati vakillari va xalqaro tashkilotlar xodimlari bilan ham uchrashuvlar o'tishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG