Breaking News

Braziliya prezidenti koronavirusga uchradi


Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaru

Shu kungacha koronavirus pandemiyasini jiddiy qabul qilmasdan, uni grippning yengil ko’rinishi deb niqob taqishdan bosh tortgan, virus unga yuqmasligini da’vo qilib kelgan Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaru yangi koronavirusga uchradi.

Ayni paytda mamlakatda salkam bir million 700 ming odam kasallangan, taxminan 67 ming odam o’lgan – dunyoda AQShdan keyin ikkinchi ko’rsatkich.

Bolsonaru o’zini yaxshi his qilayotganini, gidroksixloroxin bilan da’volanayotganini aytdi.

“Xotirjam ekanimni yuzimdan bilsangiz bo’ladi. Men uchun duo qilganlarga minnatdorchilik bildiraman”, - dedi u.

Davlat rahbari videoaloqa orqali ishlayotganini, rafiqasi unga qarayotganini aytdi.

Bezgakka qarshi ishlatiladigan gidroksixloroxin preparatini AQSh Prezidenti Donald Tramp ham koronavirusga qarshi samarali dori sifatida reklama qilib keladi, biroq Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, AQShdagi yetakchi tibbiy muassasalar va mutaxassislar gidroksixloroxinning koronavirusga qarshi samarasi isbotlanmaganini aytib keladi.

Bolsonaruning aytishicha, koronavirus qurbonlarining bir qismi bevosita virusdan o’lmagan.

“Ko’p odamlar uyida jon bergan, chunki virusdan qo’rqib kasalxonada yotishdan bosh tortgan. Nafaqat virus, balki qo’rquv va vahima ham o’ldiradi”, - deydi u.

Bolsonaru to’rtinchi bor test topshirganidan so’ng virus yuqtirgani aniqlandi. Endi u bilan oxirgi kunlarda aloqada bo’lgan odamlarni aniqlash muhimligi aytilmoqda. Ular orasida iqtisodiyot vaziri, yirik bankir, aviasozlik kompaniyasi rahbari va AQSh elchisi bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG