Breaking News

Boris Jonson - Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri


Britaniyada Konservatorlar partiyasi yangi raisni sayladi. London sobiq meri va sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonson nafaqat partiyaga, balki mamlakatga ham bosh bo’ldi. U partiya ichidagi saylovlarda amaldagi Tashqi ishlar vaziri Jeremi Xantni salkam ikki baravar ustunlik bilan mag’lub etdi.

Boris Jonson g’alaba nutqida 31-oktabr kuni Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini rasmiylashtirib, mamlakatda ta’lim tizimi, infratuzilma, politsiya xizmatini yaxshilashga so’z berdi.

“Yevropadagi hamkor davlatlar bilan do’stlik va erkin savdo, xavfsizlik va mudofaa bobida o’zaro yordamga intilish bilan bir qatorda o’z mamlakatimizda demokratik boshqaruvni ham kuchaytirishimiz kerak”, - dedi u.

Boris Jonson iste’foga chiqayotgan Bosh vazira Tereza Meyning o’rnini rasman 24-iyul kuni egallaydi.

Britaniya Yevropa Ittifoqidan mart oxirigacha chiqishi kerak edi, biroq ittifoq rasmiylari jarayonni 31-oktabrga surgan. Jonson tashkilot bilan bu borada kelishuvga erishilmasa ham Britaniya Yevropa Ittifoqidagi a’zolikni shu vaqtda to’xtatishi haqida ma’lum qildi. Biroq parlamentdagi ko’p qonunchilar nazarida, Yevropa Ittifoqidan kelishuvsiz chiqish iqtisodiy muammolarga olib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG