Breaking News
Din

Bosniyada urushni esladilar


Sarayevodagi bosh ko'chaga 11541 dona o'rindiq terib chiqildi. Urushda o'lib ketgan har bir erkak, ayol va bola uchun...
Sarayevodagi bosh ko'chaga 11541 dona o'rindiq terib chiqildi. Urushda o'lib ketgan har bir erkak, ayol va bola uchun...

Bosniya qonli urushning 20 yilligini xotirlamoqda. 1992-1995-yilgi ixtilof 11 mingdan ziyod odamning yostig’ini quritgan, millionlab odamni uy-joyidan ayirgan.

Sarayevoliklar "u damlarni yodga olish qiyin; muhimi - bugun biz hayotmiz, erkinmiz" deydi.

1992-yilning 6-aprelida bosniyalik musulmon, serb va xorvatlar Sarayevo markazida yig’ilib, siyosatchilardan tinchlik va ozodlik talab qilgan edi.

Ko’p o’tmay uch etnik guruh bir-biriga qarshi qayralib, Sarayevo shahri qonga belandi. Xalqaro hamjamiyat vositachiligida 1995-yil Bosniyada urush tugatildi, lekin mintaqada elatlar hali ham tarqoq.

Xalqaro Gaaga Tribunali o’sha qirg’in yuzasidan bir necha shaxsni sud qilishda davom etmoqda. Bosniyalik serb, sobiq harbiy Ratko Mladich ana shulardan. U Sarayevo qamali, 1995-yilda esa Srebrennitsa shahrida taxminan 8 ming musulmon bola va erkakni qirishga aloqadorlikda ayblanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG