Breaking News

Braziliyada amaldagi va sobiq rahbarlar - saylovda asosiy nomzodlar


Yakshanba kuni Braziliyada prezident saylovlari o’tkaziladi. Asosiy da’vogarlar – sobiq so’lchi prezident Luis Inasio Lula da Silva va amaldagi rahbar, o’ng qarashlar tarafdori Jair Bolsonaru.

Xalqaro hayot - 29-sentabr, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:57 0:00

Ommaviy sorov natijalariga ko’ra, Lula ilk bosqichdayoq g’alaba qozonishi mumkin.

"Braziliyaning eng qashshoq fuqarolari odatda saylovda faol emas. Ularning faolligiga ko’p narsa bog’liq. Agar saylovga chiqishsa va ovoz berishsa, Lula birinchi bosqichdayoq yutib ketadi”, - deydi siyosatshunos Klaudio Kuto.

Lula da Silva mamlakatni 2003-yildan 2010-yilgacha boshqargan, qashshoqlikka qarshi keng qamrovli kurash dasturlarini amalga oshirgani bilan tanilgan. Biroq keyinchalik korrupsiya uchun qamalgan. O’tgan yili ayblov bekor qilinib, sobiq rahbar ozod etildi.

"O’tgan safargi prezidentligimda diplomsiz ishchining mamlakatni boshqargan shifokorlardan samaraliroq ekanini isbotlagandim”, - dedi Lula.

Tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash va isteblishmentga qarshi kurashi bilan yaxshi tanish Bolsonaru to’rt yillik ilk muddati davomida qator siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy inqirozlar bilan, qurolga egalik qilish haqidagi qonunlarni erkinlashtirish fonida kuchaygan siyosiy zo’ravonliklar bilan yuzlashdi.

Iyul oyidan beri besh odam siyosiy qotilliklar qurboni bo’lgan.

Bolsonaru Braziliyada 700 mingdan ziyod odamni nobud qilgan COVID-19 dan emlash kampaniyasiga qarshi chiqqan rahbarlardan.

Uning prezidentligi paytida mamlakatda keskin qashshoqlik ikki baravar o’sdi. Aholining salkam yarmi uning hukumatidan norozi.

Bolsonaru saylovni boy bersa, natijasini tan olmasligiga ishora qilgan, bu esa o’ta qutblashgan mamlakatda zo’ravonliklarga yetaklashi mumkin.

“Agar Bolsonaru tarafdorlari namoyish uchun ko’chaga chiqsa, bu beqarorlik, zo’ravonlikka olib kelishidan xavotirdaman”, - deydi siyosiy tahlilchi Oliver Stunkel.

Saylov natijalari dushanba kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG