Breaking News

Britaniya qamalda


Britaniyada koronavirusning o’ta tez tarqaluvchi yangi shtammi aniqlanishi ketidan bu mamlakat bilan transport qatnovini uzgan davlatlar soni 40 dan oshdi. London aeroportida, yirik portlarda sarosimalik kuzatilmoqda. Nafaqat Yevropa, balki Hindiston, Kanada, Rossiya, Lotin Amerikasi davlatlari ham Britaniyaga aviareyslarni to’xtatgan.

Xalqaro hayot – 22-dekabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:16 0:00

Bosh vazir Boris Jonson qit’adagi hamkor davlatlarni qamalni bekor qilishga chaqirmoqda.

“Birlashgan Qirollikda do’stlarimizning COVID ga doir, uning yangi shtammiga doir xavotirlarini tushunamiz, ammo yuk mashinasining yolg’iz ketayotgan haydovchisidan virus yuqtirish xavfi juda ham kichik. Muammoni imkon qadar tez hal qilishga harakat qilamiz”, - dedi u.

Cheklovlar, ayniqsa, Dover bandargohida o’tkir sezilmoqda. Bu yerda odatda har kuni 10 mingga yaqin yuk mashinasi temir yo’l va parom orqali Fransiyaning Kale portigacha boradi. Ko’plar hozir Doverda turib qolgan.

“Uch farzandim, rafiqam bor. Rojdestvoga meni kutishyapti uyda. Bu Polshada juda ham maxsus bayram, din va an’anani o’z ichiga olgan. Rojdestvoda uydan uzoqda bo’lish biz polyaklar uchun og’ir. Qiyin ahvolda qoldim”, - deydi polshalik yuk haydovchisi Stanislav Olbrich.

Britaniyaning eksportga chiqariladigan mahsulotlari turib qolgan, yevropalik haydovchilar yo’lga chiqishdan bosh tortsa, importga ham ta’sir qiladi. Britaniyadagi supermarketlar oziq-ovqat kamomadi ehtimoli haqida ogohlantirmoqda.

Biroq hukumatga ko’ra, xavotirga o’rin yo’q, Rojdestvogacha ta’minot bilan muammo bo’lmaydi. Mamlakatda 170 ta yirik do’konlarni o’z ichiga olgan Britaniya chakana savdo konsorsiumi ta’minot tiklanmasa, bayramdan keyin kamomad bo’lishini bildirmoqda.

COVIDning mutatsiyalangan turi halokatli bo’lmasa-da, odatdagidan 70 foiz yuqumliroqdir. Virus yuqtirish ehtimolidan xavotirga tushgan mamlakatlar Britaniyaga reyslarni to’xtatmoqda.

“Parvozlarga taqiq ehtiyot chorasidir. Birlashgan Qirollikdan kelayotgan odamlar qatnoviga ham qo’shimcha cheklovlar ko’rib chiqilmoqda”, - deydi Niderlandiya Sog’liqni saqlash vaziri Xyugo de Yong.

Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson joriy etgan cheklov natijasida 16,5 million britaniyalikning bayram rejasi barbod bo’ldi. Oilalarning Rojdestvoda jam bo’lishi taqiqlanadi. Politsiya odamlarning qoidaga amal qilishini nazorat qiladi.

“Nazarimda, bu to’g’ri qaror. Sal ertaroq qabul qilishsa yaxshi bo’lardi”, - deydi londonliklardan biri.

Olimlarga ko’ra, virusning yangi turi vaksinalarni tezroq chiqarishni taqozo etadi. Shu kungacha britaniyaliklarning yarim milliondan ko’pi “Pfayzer-Biontek” vaksinasining birinchi dozasi bilan emlandi.

Bu o’rtada AQShda prezidentlikka saylangan Jo Bayden hafta boshida koronavirusga qarshi vaksina oldi. Bayden va uning turmush o’rtog’iga “Pfayzer-Biontek” vaksinasi berildi. O’tgan hafta “Moderna” kompaniyasi yaratgan vaksina ham AQShda tasdiqdan o’tdi.

Baydenga ko’ra, odamlar emlanishdan qo’rqmasligi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG