Breaking News

Britaniya va Yevropa Ittifoqi savdo bitimiga kelisha olmayapti


Yevropa Ittifoqidan chiqqan Britaniya yil oxirigacha tashkilot bilan savdo bitimiga kelisha olmasa, bandargohlar faoliyati izdan chiqib, oziq-ovqat kamomadi vujudga kelishi mumkin, chunki Britaniyaga Yevropa Ittifoqidan kelayotgan aksariyat yuklar chegarada tekshirilishi kerak bo’ladi.

Xalqaro hayot – 25-sentabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:04 0:00

Hukumat og’ir yuk tashiyotgan mashinalarning salkam 60 foizi chegarada turib qolishi haqida ogohlantirmoqda.

“Hujjatlari to’g’ri bo’lmasa, ularni Fransiya chegarachilari qaytarib yuboradi va mashinalar Duvr-Kale o’tish joyida turib qoladi. Ya’ni kuniga 7 mingtagacha yuk mashinasi Kent shahrida to’planib qoladi”, - deydi maxsus topshiriqlar bo’yicha Britaniya vaziri Maykl Gouv.

Britaniya iqtisodiyotining 80 foizi xizmatlar hisobiga faoliyat yuritadi. Londondagi banklar va moliyaviy xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar Yevropa Ittifoqidan kelishuvsiz chiqishga tayyor, deydi bir ekspert.

“Ular idoralari, mulki, ayrim xizmatchilarini Britaniyadan ko’chirib bo’lgan”, - deydi Londonning qirollik kollejidan Jonatan Portes.

“JP Morgan” banki 230 milliard dollarga teng aktivlarini Londondan Germaniyaga ko’chirmoqda.

Koronavirus pandemiyasi oqibatida britan iqtisodiyoti 20 foizga qisqargan. Pandemiya kelishuvsiz breksit ta’sirini yashirishi mumkin, biroq ikkala holat zararni yanada kuchaytirishi ham mumkin.

“Iqtisodiy statistikani talqin qilish qiyin bo’lib qoladi. Bizneslar va hukumat COVIDning salbiy oqibatlari bilan band hozir”, - deydi Portes.

Britaniya va Yevropa Ittifoqi rasmiylari bir-birini savdo kelishuvi bo’yicha muzokaralarni yuzaki olib borayotganlikda ayblamoqda. Britaniya kelishuv suverenitetga ta’sir qilmasligi kerak, deydi.

Kelasi hafta muzokaralarning to’qqizinchi davrasi o’tkaziladi. Tahlilchilarga ko’ra, tomonlar kelishuvga erishsa ham hujjat keng qamrovli bo’lmaydi, demak ta’minotda uzilish muqarrardir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG