Breaking News

Britaniya jurnalistlari jismoniy va onlayn tajovuzdan shikoyat qilmoqda


BBC

Britaniyalik jurnalistlar orasida so’rov o’tkazgan Milliy jurnalistlar ittifoqiga ko’ra, muxbirlar mamlakatda ularga nisbatan dushmanona muomala, qo’rqitish, jismoniy va onlayn tajovuz bilan yuzlashmoqda. So’ralganlarning uchdan biri bunday muomalani ishining ajralmas qismi sifatida tan olishga majbur ekanini, 51 foizi esa internetda muntazam ravishda tajovuzga uchrashini aytadi.

Xalqaro hayot – 26-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:11 0:00

“Kimnidir ijtimoiy sahifalarda jinsiy zo’rlik bilan qo’rqitishadi, kimningdir esa oila a’zolari, farzandlariga do’q-po’pisa qilishadi. Albatta kimdir trollar bilan tortishmang, deydi, ammo bunday tahdidlarni jiddiy qabul qilmasdan iloj yo’q. E’tibor bermaslikka harakat qilsangiz ham hayotingizda bu bilan doimiy ravishda yuzlashib turishingiz odamning sog’lig’iga, ruhiyatiga ta’sir qiladi”, - deydi ittifoq bosh kotibi Mishel Stenistrit.

So’rovda qatnashgan har besh muxbirdan biri jismoniy tajovuzga uchraganini aytadi. Ayniqsa Shimoliy Irlandiyada jurnalistlarga qarshi tahdidlar va hujumlar ko’paygan. 2019-yilda 29 yashar Lira Makki ismli jurnalist Derri shahridagi isyonni yoritayotganda otib o’ldirilgan.

Britaniyalik jurnalistlar nazarida, koronavirus pandemiyasi davrida vaziyat yanada yomonlashdi, norozilik namoyishlari paytida muxbirlarga tajovuz qilishadi.

“Qo’llaridagi videokamera va fotoapparatni olib qo’yishga, mehnat qurollarini parchalashga harakat qilishadi”, - deydi Stenistrit.

So’rovda qatnashganlarning ko’pi matbuotga qarshi bunday muhitning shakllanishida siyosatchilarni ayblaydi.

“Ba’zi siyosatchilarning jurnalistlarga qarshi gaplari, o’zlariga yoqmagan xabarlarni soxta deb tamg’alashi, targ’ibot bilan shug’ullanuvchi gazetalarga hujumi o’z ishini bajarishga harakat qilayotgan odamlar uchun muhitni qiyinlashtirdi”, - deydi jurnalistlar ittifoqi rahbari.

Britaniya hukumati ijtimoiy media kompaniyalarini o’z sahifalaridagi tahdidli va haqoratli kontentga mas’ul qiluvchi yangi qonun loyihasi ustida ishlayotganini ma’lum qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG