Britaniya parlamenti oldidagi hujumni amalga oshirgan shaxs aniqlandi.

  • Amerika Ovozi

London ko'chalari

Londonda politsiya xizmati ma'lum qilishicha Angliyalik musulmon 52 yashar Xolid Ma'sud bundan oldin birnecha bor noqonuniy qurol saqlagani sabab sudlangan, 2003-yilida esa jazoga tortilgan.

Bundan oldingi xabarlarda o'zoni "Islomiy Davlat" deb tanishtirayatgan IShID terrorchi tashkiloti o'z zimmasiga olgan edi.

Britaniya parlamenti binosi oldida ro'y bergan hodisada to'rt kishi o'lgan, kamida 40 odam jarohatlangan. O'lganlardan biri hujumni sodir etgan shaxs, yana biri politsiyachi.

Xabarlarga qaraganda, u avvaliga parlamentga boradigan Vestminster ko'prigida mashinasida bir necha kishini bosib ketgan. Kamida sakkiz kishi, ayrim malumotlarga ko'ra esa, 10 kishi jarohatlangan.

So'ngra hujumchi mashinadan tushib, parlament darvozasini qo'riqlayotgan politsiyachini pichoqlagan. Yon atrofdagi politsiyachilar uni o'qqa tutgan.

"Hammasi bir daqiqa ichida ro'y bedi", - deydi guvohlardan biri Tavhid Tanim. - Ishxonamdan chiqib, mashinaga ko'zim tushdi, o'q ovozlari eshitildi, odamlar har tomonga qochdi".

Britaniya parlamenti atrofidagi ko'chalar va ko'prik yopiq. Qonunchilar hodisasan keyin evakuatsiya qilingan, va bosh vazir Tereza Meyning xovsiz joyga olingan.

AQSh Prezidenti Donald Tramp voqeani keskin qoraladi. U Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey bilan gaplashgan.

"Biz bugun Vestminsterda bo'lgan hujumni qoralaymiz. Birlashgan Qirollik uni terrorizm ishi sifatida ko'ryapti. Britaniya politsiyasi vaziyatni tez qo'lga olgani uchun olqishlaymiz", - dedi Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser.

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi britaniyaliklar bilan yaqin aloqada ekanini ma'lum qildi. AQShda xavfsizlik choralari odatdagidan kuchaytirilgani yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG