Breaking News

Bolgariyadagi portlash – suiqasd xuruji, deydi rasmiylar


30 dan ziyod odam jarohatlangan, ayrimlarining ahvoli o’ta og’ir.
30 dan ziyod odam jarohatlangan, ayrimlarining ahvoli o’ta og’ir.
Bolgariyada kecha isroillik sayyohlar ketayotgan mashina portlab, yetti kishi o’lgan. Olti nafari Isroil fuqarolari. 30 dan ziyod odam jarohatlangan, ayrimlarining ahvoli o’ta og’ir.

Rasmiylarning aytishicha, voqea Qora dengizdagi Burgas shahrida, sayyohlar aeroportdan chiqib, avtobusga o’tirgan payt ro’y bergan.

Ularni notanish bir odam kutib olib, Amerika fuqarosi ekanini aytgani va keyin o’zini portlatgani taxmin qilinmoqda.

Politsiya portlashdan keyin uning yonidan Michigan shtati haydovchilik guvohnomasini topgan, biroq hujjat soxta ekani ayon bo’lgan.

Hozir huquq-tartibot organlari uning shaxsini aniqlashga harakat qilmoqda; bu odam aeroportda videokameralarga tushgan va bu tasvirlar matbuotda e’lon qilingan.

Isroil hukumati xurujda Eronni ayblamoqda.

Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning aytishicha, islomiy davlat avvalroq Hindiston, Tailand va boshqa davlatlarda isroilliklarni nishonga olgan. Rasmiy Tehron ayblovni rad etadi.

Amerika prezidenti Barak Obama voqeani “vahshiyona terror amaliyoti” deya tanqid qilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG