Breaking News

Rahmon: CASA-1000 loyihasini tezroq amalga oshirish kerak


Dushanbe, 6-iyul, 2017

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon CASA-1000, Markaziy va Janubiy Osiyo elektr ta'minot tizimini jadalroq barpo etishga chaqirmoqda.

Bu loyihaga bosh qo'shgan Tojikiston, Afg'oniston, Qirg'iziston va Pokiston rahbarlari Dushanbeda davra suhbati qurgan. CASA-1000 tarmog'iga mintaqadagi ko'plab kompaniyalar va ta'minotchilar hamkorlik qilishi kerak.

Rahmon fikricha, uning mamlakati o'ziga yetarlicha tok ishlab chiqara oladi va ortiqchasini eksport ham qiladi. Buning uchun unga taexnologiya, yangi tuzilma va sheriklar kerak.

Biroq proyekt juda sekin olib borilmoqda. Uning boshlanganiga bir necha yil bo'ldi. Jahon banki - homiy.

Qarorlar o'z vaqtida qabul qilinishi kerak, tegishli qadamlarni har bir davlat o'z muddatida tashlashi lozim, deya undamoqda Rahmon. Har bir mamlakatdagi tizimlar kechiktirilmay qurilsin, deydi u.

Tojikiston nazarida eng sust jarayon Afg'onistonda. Notinch yurtda bunday loyihalar ustida ishlash oson emas, ammo yangi elektr tarmoqlari xalq hayotini osonlashtirishi kutilmoqda. 1342 kilometlik, yuqori voltli liniyalar haqida gap ketmoqda.

Uni o'rnatish va ishga solish uchun yuqori malakali mutaxassislar, jumladan muhandislar kerak. Kadrlar masalasi esa barcha mamlakatlarda chatoq.

Dushanbe hisobicha, CASA-1000 kechikkani sari har yili a'zo davlatlar jami 500 million dollar boy bermoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG