Breaking News

"Sharli Ebdo" Muhammad payg'ambar haqida yangi karikatura chop etdi


"Sharli Ebdo" jurnalining yangi soni
"Sharli Ebdo" jurnalining yangi soni

"Sharli Ebdo" ning bugungi sonida yig'layotgan Muhammad payg'ambar tasvirlangan. Haftada 60 ming nusxada chiquvchi jurnalning bugungi adadi kamida uch million bo'lib, bir necha soatda sotilib ketdi.

Nashriyot ingliz, ispan, arab va fransuz tillarida yana ikki millionta nusxa chiqarmoqchi. Jurnal ilk bor AQShda ham sotuvga chiqarildi.

O'tgan hafta qurollangan ikki odam satirik haftanoma tahririyatiga hujum qilib, 12 odamni o'ldirgan. Al-Qoidaning Yamandagi bo'limi bugun Parijdagi xurujlarni o'z bo'yniga oldi.

Internetda chop etilgan videoda o'zini Nasr al-Ansiy deb tanishtirgan odam xurujlarga Yamandagi al-Qoida qo'l urganini aytdi.

Turkiya politsiyasi "Sharli Ebdo"ning yangi sonida chop etilgan ayrim karikaturalarni o'zida bosib chiqarmoqchi bo'lgan "Jumhuriyat" gazetasi idoralari xavfsizligini kuchaytirgan.

Asosan ateistlar ishlovchi jurnal dinga qarshi karikaturalar chiqarib turadi. Xurujlardan so'ng uning ijodiga qiziqish kuchaygan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG