Breaking News

Xitoydagi Madaniy inqilob maqsadi nima edi?


Xitoy ko'chalarida sobiq rahbar Mao Tzedun surati tushirilgan devor
Xitoy ko'chalarida sobiq rahbar Mao Tzedun surati tushirilgan devor

15-may Xitoyda qonli siyosiy jarayonlarni boshlab bergan Madaniy inqilobga 50 yil to'ladi.

Mazkur siyosat ortidagi shaxs kim edi? Kommunistik partiya rahbari Mao Tzedun.

Undan maqsad nima edi?

Partiyaga boshchilik uchun ichki kurash. Taxmin shuki, ijtimoiy-siyosiy kampaniya jamiyatda inqilobiy kayfiyatni avj oldirish uchun ataylab qo'zg'atilgan. Keskin siyosiy jarayonlar sinflar o'rtasida qonli to'qnashuvlarga turtki berdi. Talabalar, muallimlar, qo'ni-qo'shni, hamkasb va hatto oilalar bir-biriga qarshi qayraldi.

Jarayon qachon tugadi?

Mao 1976-yilning 9-sentabrida vafot etgach va Katta to'rtlik qamoqqa olingach, quvg'inlar nihoyasiga yetgan.

Katta to'rtlik kim edi?

Maoning rafiqasi Tzyan Tzin va yana uch arbob, Madaniy inqilobni olg'a surib amalga oshirgan, yurtni parokandalik domiga tashlagan to'rt shaxs shular edi. Ular siyosiy qarorlar berib, Kommunistik partiya yetakchilarini tanqid qilib maqolalar yozgan, muxolif fikrlilardan qutilgan.

Madaniy inqilob nimaga yetakladi?

  • 10 yil davomida millionlab odamlar quvg'inga uchrab, yana ko'plar qatl etildi. Iqtisodiyot barbod qilindi.
  • Katta to'rtlikka kirgan Tzyan, Van Xonven, Chan Chunkao va Yao Venyuan 1981-yilda sudlandi. Tzyan va Chan oliy jazoga hukm qilib, so'ng qaror umrbod qamoq jazosiga almashildi. Van umrbod qamalib, Yao 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
  • Kommunistik partiya bugun Madaniy inqilobni esga olishni xohlamaydi. Rasmiy talqin shuki, Mao 70 foiz haq, 30 foiz nohaq edi. Ayrim manbalarda kampaniya "favqulodda falokat" deya ta'riflanadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG