Breaking News

Bryussel Xitoyning Yevropada strategik kompaniyalarni sotib olish rejasiga qarshilik bildirmoqda


Yevropa rahbarlari qit’aning koronavirus pandemiyasi sabab moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan kompaniyalari xitoylik sarmoyadorlar tomonidan arzon narxlarda olib qo’yilishidan xavotirda.

Yevropa Ittifoqi davlat tomonidan subsidiya qilinayotgan tashqi sarmoyadorlarga shartlar qo’yish yoki kelishuvlarni to’xtatish vakolatiga ega bo’lmoqchi.

“Yagona bozor siyosati Yevropa farovonligi uchun muhimdir, biroq bu siyosat o’yin uchun maydon teng bo’lsagina ish beradi. Yevropa Komissiyasining vazifasi, ushbu maydonni xorijiy sarmoyadorlarning salbiy ta’siridan himoya qilish”, - deydi ittifoq komissari Margret Vestager.

Xitoy kompaniyalari Yevropa bozorida faol ekan, so’nggi 20 yilda 180 milliard dollardan ortiq sarmoya qilgan.

Xalqaro avtomobilsozlar tashkiloti ro’yxatida Xitoy dunyodagi avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatlar orasida birinchi o’rinda turibdi. Yevropa Ittifoqi, Qo’shma Shtatlar va Yaponiya ishlab chiqargan avtomobillar sonini qo’shib hisoblaganda ham Xitoy ko’proq avtomobil ishlab chiqaradi. Xitoy avtomobilsozlari Yevropaga kattaroq sarmoya qilmoqchi.

“Masalan, ular “Volvo” va “Mersedes-Bens” kompaniyalarini sotib olmoqchi. Xitoy shirkatlari nafaqat to’liq ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqda, balki strategik aktivlarni ham qo’lga kiritmoqchi”, - deydi Barselona universitetidan tahlilchi Yuan Ji Dzen.

Yevropa Ittifoqi xorijiy subsidiyalarning ta’sirini kamaytirish yo’llari ustida o’ylanmoqda.

“Bundan maqsad Xitoy sarmoyalarini to’xtatish. Chunki Xitoyning mamlakat tashqarisida sarmoya qilayotgan kompaniyalarida yo davlatning ulushi bor yo ular to’laligicha davlatga qarashli”, - deydi biznes tahlilchi Antonio Lyu Yan.

Yevropa Ittifoqi bunday shirkatlarning Yevropa bozorida, ayniqsa pandemiyadan foydalanib qo’li baland kelishiga qarshi chora ko’rmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG