Breaking News

Xitoyda onlayn tibbiy konsultatsiyalarga talab oshgan


"JD Health" xizmati
"JD Health" xizmati

Xitoyda koronavirus epidemiyasi tarqalganidan beri internet orqali tibbiy konsultatsiyalarga talab oshgan.

Xitoyning elektron tijorat bilan shug’ullanuvchi yirik JD.com kompaniyasi veb-sahifasining salomatlik bo’limida onlayn tibbiy maslahat platformasi ishlaydi. Ko’plab shifokorlar ushbu platforma orqali yanvar oyidan beri millionlab odamlarga tibbiy maslahatlar bergan.

Xususan, Shu Siyin ismli shifokor poytaxt Pekindagi zamonaviy ofisidan turib, har kuni yuzlab bemorlarga konsultatsiya beradi.

JD.com salomatlik platformasida 300 ga yaqin shifokor faoliyat yuritadi.

“Har bir bemor bilan alohida ishlaymiz, savollariga to’liq javob beramiz. Ko’pchilik bundan xursand. Kasal bilan yuzma-yuz ko’rishganda ham ayni ishni qilamiz, tashxis qo’yamiz, davolaymiz”, - deydi Shu.

JD.com shifokorlari noutbuk yoki smartfon orqali bemorlar bilan bog’lanib, ulardan sms orqali yoki qo’ng’iroq qilib kasallik alomatlari va qayerga borib kelishganini so’rab, maslahat berishlari mumkin.

Mijozlar qon analizi natijalari, ko’krak qafasi flyurografiyasi yoki boshqa tasvir va videolarni shifokorlarga yuborib, virusga chalingani yoki yo’qligi haqida ma’lumot oladi.

“Yangi koronavirus yoki gripp yuqtirgan bemorlardagi alomatlarni ajratish qiyin. Agar koronavirusga shubha kuchliroq bo’lsa, ulardan nuklein kislotasiga analiz topshirishni so’raymiz”, - deydi doktor Shu.

Shifokorning aytishicha, bunday xizmatga talab katta, chunki Xitoyda butun boshli shaharlar yopilgan, jamoat transporti to’xtagan, odamlarga uydan chiqish qat’iyan man etilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG