Breaking News

Xitoyda yer qimirladi


Mamlakat shimoli-g’arbida bugun ertalab ikki bor yer qimirlab, 89 odam halok bo’lgan. Yuzlab fuqarolar jarohatlangan.

Xitoy shimoli-g’arbida bugun ertalab yer qimirlab, 89 odam halok bo’lgan. Yuzlab fuqarolar jarohatlangan.

Gansu provinsiyasida ikki bor qattiq silkinish ro’y berdi, deydi rasmiylar. Zilzila kuchi 5,9 va 5,6 ball atrofida baholanmoqda. Ikkisi o'rtasida bir yarim soat tanaffus kuzatilgan.

Yuzlab paxsa uylar qulagan, yana ko’plab imoratlarga zarar yetgan. Biroq markazroqda, puxta qurilgan binolar sezilarli ziyon ko'rmadi, deydi rasmiylar.

Mintaqada qidiruv-qutqaruv ishlari ketmoqda, ammo yer ko'chishi sababchi jarayon sust.

Meteorologlar yaqin kunlarda tinimsiz yomg'irlar haqida ogohlantirayapti va bu qutqaruv ishlarini yanada qiyinlashtirishi mumkin.

Xitoy g'arbi seysmik jihatdan nihoatda aktiv, ya'ni zilzilalarga moyil. Xususan, Sichuan provinsiyasida 2008-yilgi tabiiy ofat salkam 90 ming odamni hayotdan olib ketgan edi.

Joriy yil boshida ham Sichuanni zilzila urib, 200 fuqaro nobud bo’lgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG