Breaking News

Inson huquqlari bo'yicha AQSh-Xitoy muloqoti samarasiz yakunlandi


AQSh davlat kotibi muovini Maykl Pozner 2011-yilda (28-aprel) AQShning Pekindagi elchixonasida o'tgan matbuot anjumanida so'zlamoqda.
AQSh davlat kotibi muovini Maykl Pozner 2011-yilda (28-aprel) AQShning Pekindagi elchixonasida o'tgan matbuot anjumanida so'zlamoqda.
Vashingtonda AQSh va Xitoy o’rtasida inson huquqlari mavzusida o’tgan yillik muloqot sezilarli natija bermadi. Bunga har bir davlatning inson huquqlari, erkinlik masalasiga qarashlari turlicha ekani sabab qilib ko’rsatilmoqda.

Muloqot yopiq eshiklar ortida o’tdi. Vashington Pekinni Xitoyda inson huquqlari poymol etilayotganiga ko’z yumayotganlikda ayblasa, Pekin nazarida Vashington bu davlat ichki siyosatiga aralashmoqda.

AQSh davlat kotibi muovini Maykl Poznerning aytishicha, Xitoy iqtisodiyot bobida katta yutuqlarga erishmoqda, ammo siyosiy islohotlarni bo’sh qo’ygan.

"So’nggi 30 yilda hukumat yuz millionlab xitoyliklarni qashshoqlikdan chiqardi. Biroq shu bilan birga siyosiy islohotlar sur’ati iqtisodiy islohotlar sur’atidan ancha ortda", - deydi Pozner.

Xitoy delegatsiyasining ta’kidlachisha esa, adliya tizimidagi o’zgarishlar, ijtimoiy himoyaga doir dasturlar tufayli fuqaro hayoti yaxshilangan. Qo’shma Shtatlar vaziyatga noxolis qaramoqda, deydi ular.

Har ikki davlat rasmiylarining bildirishicha, muloqot kutilgan natija bermagani bilan, juda ham foydalidir.

Joriy yilda Xitoy Kommunistik partiyasida rahbar almashishi kutilar ekan, tahlilchilar nazarida rasmiy Pekin inson huquqlari mavzusiga avvalambor tizim barqarorligi nuqtai nazaridan yondashadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG