Breaking News

Xitoyda COVID-19 ga qarshi vaksina sinovdan o'tkazilmoqda


Koronavirusga qarshi vaksinani yaratish ustida izlanayotgan xitoylik olimlar klinik sinovning ikkinchi bosqichini boshladi. Izlanishlar virus ilk tarqalgan Uxan shahrida olib borilyapti.

Hafta boshida 500 ko’ngillining yarmidan ko’piga sinov vaksinasi berilgan. Yoshi eng ulug’ ko’ngilli 84 yashar uxanlik bo’lib, unga ham vaksina berilgan.

Izlanishni Xitoy Harbiy fanlari akademiyasi qoshidagi Harbiy tibbiyot instituti mutaxassislari olib bormoqda. Sinovning birinchi bosqichida adenovirus vektori asosida yaratilgan preparatning inson salomatligiga xavfsizligi tekshirilgan bo’lsa, ikkinchi bosqichda uning samarasiga urg’u beriladi.

"Vaksina inson organizmiga ushbu virusga nisbatan immunologik xotira ishlab chiqarishda yordam berishga qaratilgan. Virus tanaga kirib borishi bilan organizm uni tanib, ishdan chiqaradi”, - deydi guruh rahbari akademik Chen Vey.

Xitoyda koronavirusga qarshi kamida sakkizta vaksina ishlab chiqilgan, hukumat uchtasini klinik sinovdan o’tkazishga ruxsat berdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG