Breaking News

Qashqardagi to’qnashuv yuzasidan yana 11 odam qamoqda


To'qnashuvda o'lganlar dafn etilayapti. Olti nafari hujumchi, to'rt nafari mahalliy uyg'ur jamoatchi ayoli ekani, boshqalar uyg'ur politsiyachilar bo'lgani ma'lum. Talofatlar orasida ikki xitoy mulozimi bor.
To'qnashuvda o'lganlar dafn etilayapti. Olti nafari hujumchi, to'rt nafari mahalliy uyg'ur jamoatchi ayoli ekani, boshqalar uyg'ur politsiyachilar bo'lgani ma'lum. Talofatlar orasida ikki xitoy mulozimi bor.
Xitoy hukumati Shinjon-uyg’ur muxtoriyati, Qashqar shahrida 21 odamni hayotdan olib ketgan to’qnashuv yuzasidan yana 11 kishini hibsga olgan.

O’tgan hafta sakkiz fuqaro ushlangan. Rasmiy Pekin o’tgan seshanba Qashqardagi xonadonda ro’y bergan janjalni diniy ektremizm va terrorizm bilan bog’layapti.

Hibsdagilar yonidan qo’lbola portlovchi moslama, qurol-aslaha va Sharqiy Turkiston islomiy harakati bayrog’i topilgan, deydi rasmiylar.

Ularning aytishicha, bu shaxslar o’tgan yilning sentabrida tuzilgan terrorchi guruh a’zolari; ektremistik videolarni tomosha qilib, noqonuniy diniy yig’inlarda qatnashgan; portlovchi moslamalarni sinab, yil oxirida Qashqarda katta hujum rejalayotgan bo’lgan.

Rasmiy matbuot izohiga ko’ra, rasmiylar mahalliy xonadonni tekshirayotgani payt janjal boshlanib, qonli tus olgan.

Surgundagi uyg’ur faollar ta’rificha esa politsiya xonadonga bostirib kirib, noqonuniy ravishda tintuv boshlagach, uy egalari qarshilik ko’rsatgan. Hukumat Shinjonda politsiya sonini oshirish, musulmonlarni qattiqroq nazorat qilish uchun bahona izlayapti, deb hisoblaydi ular.

Xitoyning Shinjondagi siyosati uyg'ur aholi shikoyatiga sababchi bo'lib keladi va ayrimlar mintaqada Sharqiy Turkiston mustaqil davlati yaratishga chaqiradi.

Uyg'ur olimi, Pekindagi Markaziy universitet professori Ilhom To'xti zo'ravonlikka qarshi, ammo hukumatning Qashqardagi voqea yuzasidan sharhida noaniq jihatlar bor, deydi.

"Rasmiylarning aytishicha, ular bir oilaning uyiga borgan. Xonadon egalari biror jinoyat qilmasa, nega uylari tekshiriladi? Ikkinchidan, davlat matbuoti sharhicha, bari bir oila a'zolari bo'lgan. Qanaqasiga butun boshli oila terrorchilar bo'ladi, qanaqasiga bir xonadonda yashaydi? Hukumat vakillari fuqaroning uyiga borganidan keyin ziddiyat paydo bo'lgan bo'lishi mumkin-ku?" - deya so'raydi To'xti.

O'lganlardan olti nafari hujumchi ekani, to'rt nafari mahalliy uyg'ur jamoatchi ayoli ekani, boshqalar uyg'ur politsiyachilar bo'lgani ma'lum. Talofatlar orasida ikki xitoy mulozimi bor.

Robiya Qodir: Uyg'urlar madadingizga muhtoj
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:17:22 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG