Breaking News

Choriyevlar AQSh Davlat departamenti oldida namoyishda


AQSh Davlat departamenti qarshisida, Vashington, 16-iyul, 2013
AQSh Davlat departamenti qarshisida, Vashington, 16-iyul, 2013
O'zbekistonda 28 kundan beri daraksiz qolayotgan Hasan Choriyevning Amerikadagi nevaralari ikki kundirki Vashingtonda norozilik namoyishi o'tkazmoqda. Yoshlar ochlik e'lon qilganini aytadi.

Qashqadaryo viloyatilik 71 yoshli otaxon - "Birdamlik" muxolif harakati lideri Bahodir Choriyevning otasi. Sakkiz o'g'ildan yetti nafari va ularning oilasi, jami 33 kishi, Missuri shtatining Sent-Luis shahrida yashaydi va yuk tashish biznesi bilan shug'ullanadi.

O'zbekistonda fermerlik va tadbirkorlik qilib kun ko'rgan Choriyevlar hukumat siyosatini tanqid qilgani uchun tazyiqqa uchragan, aka-ukalar moliyaviy firibgarlik aybi bilan panjara ortida o'tirib chiqqan va keyinchalik Amerikada boshpana topgan.

O'zbekistonda qolgan ota-ona Milliy xavfsizlik xizmati bosimidan nolib kelar edi. Bahodir Choriyevning "Amerika Ovozi" ga aytishicha, uning otasini aynan "Birdamlik" faoliyati tufayli hibsga olishgan va unga soxta ayblovlar qo'yib, sudlashmoqchi. Hasan Choriyev 19 yoshli qizni zo'rlaganlikda ayblanmoqda degan ma'lumotlar bor, ammo jinoiy ish tafsilotlari, shuningdek, ayblanuvchining qayerda ekani mavhum.

Oila yollagan advokat mahbus bilan ko'risha olmayapti. Choriyevlar Amerikadan yordam so'ramoqda. Ikki hafta oldin Vashingtonda, O'zbekiston elchixonasi oldida yuk mashinalarida piket qilgan aka-ukalar otasining huquqiy himoya bilan ta'minlanishini talab qilmoqda.

AQSh Davlat departamenti qarshisida xuddi Oq uy oldida bo'lganidek piketlar arimaydi. Biror hukumat yoki siyosatdan norozi kishilar azim bino oldida turganini ko'rasiz. Odatda vazirlik bu namoyishlar va murojaatlarga ochiq va rasman javob bermaydi. Lekin 15-16 iyul kunlari Toshkentga safar qilgan AQSh Davlat kotibi muovinlaridan biri, huquq va demokratiya masalalari bo'yicha mas'ul diplomat Jeyn Zimmerman O'zbekiston rasmiylari bilan muloqotda bu masalani ko'targani qayd etiladi.

Yozgi ta'tilga chiqqan o'quvchi nabiralar, Hasanovlar, Islom Karimov siyosatini qoralovchi plakatlar ko'tarib, Davlat departamenti ro'parasida o'tiribdi.

"Amerika bizning buvamiz va unga o'xshash begunoh insonlarning taqdiriga befarq bo'lmasligi kerak",- deydi ular.

Bahodir Choriyev bilan yaqindagi suhbatni mana bu yerda tinglashingiz mumkin.

Bahodir Choriyev, Birdamlik lideri bilan suhbat /Navbahor Imamova, Amerika Ovozi, 29-iyun 2013.Mp3
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:31 0:00
Yuklab oling

AQSh Davlat departamenti oldida piket:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG