Breaking News

Glazgoda iqlim o'zgarishiga doir xalqaro anjuman boshlandi


AQSh prezidenti anjumanda so'zlamoqda

Dunyoning 130 dan ortiq mamlakati rahbarlari, 200 dan ziyod davlat vakillari bugun Shotlandiyaning Glazgo shahrida boshlangan xalqaro iqlim anjumanida qatnashmoqda. “Katta Yigirmalik” sammitida onlayn shaklda qatnashgan Xitoy va Rossiya prezidentlari Glazgoga ham bormaydi.

Xalqaro hayot – 1-noyabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:10 0:00

BMTning iqlim o’zgarishiga doir 26-anjumani o’tgan yili o’tkazilishi kerak edi, biroq pandemiya sabab qoldirilgan.

Ikki haftalik tadbir davomida 2015-yilda Parijda imzolangan bitim ijrosining amali ko’rib chiqiladi, boy davlatlarning rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim o’zgarishiga doir muammolar bilan shug’ullanish uchun va’da qilgan moliyaviy yordami nega berilmagani muhokama etiladi.

“Katta Yigirmalik” sammitida iqlimga doir masalalar bo’yicha kelishuv bo’lmagani, ayniqsa karbonat angidrid gazidan ancha kuchliroq bo’lgan metan gazi iste’molini kamaytirishga kelisha olmagani delegatlar tanqidiga uchrashi aniq.

Issiqxona gazlari hisoblangan karbonat angidrid va metan Yer atmosferasini Quyosh issiqligidan himoya qilib turuvchi gazlardir, biroq inson faoliyati va xususan sanoat gazlari chiqindilari natijasida issiqxona gazlarining atmosferadagi miqdori ko’payib, ozon qatlamining yemirilishiga olib keladi. Natijada atmosferaning issiqlikni to’sish salohiyati zaiflashib, global harorat ko’tariladi. Bu esa muzliklarning erishiga, dengiz sathining ko’tarilishiga, yong’inlar, toshqinlarga olib keladi. So’nggi yillarda insoniyat tabiiy ofatlarga tez-tez va keng ko’lamda guvoh bo’lmoqda.

BMTning bildirishicha, so’nggi 7 yilda atmosferada karbonat angidrid, azot dioksidi va metan kabi issiqxona gazlari konsentratsiyasi kuchaygan.

Bugun va ertaga davlat rahbarlarining ma’ruzalaridan so’ng muzokaralar bo’lib o’tadi.

"Biz yuz tutayotgan tahdid ko’lami qazib olinuvchi yoqilg’iga asoslangan iqtisodiyotni qayta tiklanadigan va barqaror iqtisodiyotga tubdan o’zgartirish imkonini beruvchi global tizim darajasidagi yechimni talab qiladi. Bunga milliardlab emas, trillionlab dollar pul kerak. Qarz domiga botgan ayrim mamlakatlar hozirda yashil bo’lish imkoniga ega emas. Global xususiy sektorni ishga solish kerak”, - dedi Uels shahzodasi Charlz.

Glazgo anjumanida virtual muloqot tashkil etilmagani uchun “Katta Yigirmalik” sammiti ishtirokchilariga video orqali murojaat qilgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari kabi iqlim o’zgarishi mavzusi muhokamasidan shaxsan chetda qoladi, biroq tadbirda bu mamlakatlardan delegatsiyalar bo’ladi.

Kreml so’zlovchisi Dmitriy Peskovning aytishicha, Putin Rossiyaning iqlim o’zgarishiga doir pozitsiyasini Rim sammitida aniq bildirgan.

Rossiya, Xitoy va Hindiston AQSh, Yevropa va Osiyodagi ayrim mamlakatlar kabi 2050-yilgacha ko’mir va boshqa qazib olinadigan yoqilg’i turlaridan voz kechishga tayyor emas.

AQSh Kongressida Bayden tashabbusi bilan 1,75 trillion dollarlik qonun loyihasi ko’rilmoqda. Unda 500 milliard dollardan oshiq pul iqlim bilan bog’liq dasturlar uchun ajratilgan. Xususan, tozaroq yoqilg’i va elektr avtomobillaridan foydalangan, shamol va quyosh energiyasi kabi yangilanadigan yoqilg’i manbalariga o’tgan odamlar uchun soliq imtiyozlari ko’zda tutilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG