Breaking News

Floridaning janubi suv ostida qolish xavfi bor


Iqlim tadqiqodchilari: Florida aholisi qirg'oqni tark etsin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:11 0:00

Mayami iqlim o'zgarishiga tayyorlanmoqda

Suv sathi tobora ko’tarilayotgani dunyo bo’ylab sohilbo’yi shaharlarini tashvishga qo’ymoqda. AQShning Florida shtati, Mayami shahri va uning atrofida qariyb 3 million aholi yashaydi. Milliardlab dollarga teng ko'chmas mulk ham toshqinlardan zarar ko'rishi mumkin.

Iqlim o’zgarmoqda: okeanni nazorat qilish qiyin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:29 0:00


Sayyohlik kemalari Florida shtati, Mayami shahrining shinam portidan siljib, safarini boshlaydi.

Iqlim o’zgarishi oqibatida dengiz sathi ko’tarilib borarkan, suvni nazorat qilish qiyin.

“Yomg’ir suvlari ketadigan kanalizatsiya quduqlaridan suv sizib chiqyapti”, - deydi Syu Brogan.

U Mayamining dengiz sathi bilan deyarli teng bo’lgan qismida yashaydi.

Okeanda suv ko'tarilganda pastda joylashgan mahallalarda suv toshadi.
Hozircha shunchaki noqulaylik tug’dirayotganday ko’rinsa-da, aholi katta muammo oldinda ekanini biladi.

“Ahvol og’irlashyapti. Qayerga ketadi buncha suv? Masalaga joyida va global echim topmasak, jiddiy muammoga yo’liqamiz”, - deydi Syu Brogan.

Yaqin 10 yillikda Florida shtatining janubi suv ostida qolish xavfi bor.

Mayami shahri ehtiyot choralarini ko’rishni boshlagan. Yo’llar balandroq qurilib, nasoslar o’rnatilmoqda. Ta’mirlash ishlari qimmat. Aholi o'z cho'ntagidan yarim milliard dollar sarflayapti.

“Shukrki, loyihalarimizda xalq biz bilan hamnafas. Qo’l qovushtirib o’tirish qimmatga tushishini anglab yetgan”, - deydi Mayami hokimiyatidan Erik Karpenter.

Aholi masala jiddiyligini biladi. Vaziyatni o’nglash uchun ovoz berib, 200 million dollarlik obligatsiya ajratilishini tasdiqladi.

Hokimiyat muammoni hal qilishda mahalliy aholi bilan hamkorlikda yechim topmoqchi. Mahallalarni qayta loyihalab, suvga chidamsiz uylar o’rniga suv shimadigan yer maydonlari, parklar yaratishni ko’zlayapti. Rasmiylarga ko’ra, bu tezda amalga oshadigan ish emas.

“Uzoq vaqt ketadi. Hozirdan muhokama qilayotganimiz to’g’ri. Vaqt o’tgan sayin odamlar ko’nikadi”, - deydi Mayami hokimiyatidan Jeyn Gilbert.

Vaqt o’tib keskin choralar ko’rishga to’g’ri keladi. Mayami taqdiri suv ko’tarilishi darajasi va tezligiga ham bo’gliq.

Karolin Luis iqlim tadqiqotlari bilan shug'ullanadi. Uning aytishicha, aholi qirg’oqni butunlay tark etishi lozim.

“Baribir ketishimiz kerak. Lekin reja bilan qilsak aholini xavfsizlik bilan kengroq ta’minlagan bo’lardik va katta muammo yechilib, ishimiz boshqalarga ham o’rnak bo’lardi”, - deydi u.

Muammolar quyoshli shahar kayfiyatiga ta’sir qilgani yo’q. Odamlar hamon ko’tarinki ruhda.

“Mutaxassislar kirishsa, har bir muammoning yechimi bor. Yechim bir qarorga kelishdagi qiyinchiliklardan o’tishga loyiq siyosiy iroda, yetarli moliya bormi, shunga borib taqaladi”, - deydi Erik Karpenter.

Janubiy Florida va sohil bo’yi shaharlar taqdiri haqidagi muhokamalar hali uzoq davom etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG