Breaking News

FBR Tramp advokati idorasini tintuv qildi


Prezident Trampning xususiy advokati Maykl Koen.

Rossiyaning AQSh saylovlariga qaralashgani haqidagi da’volarni taftish qilayotgan maxsus prokuror Robert Myuller Prezident Trampning xususiy advokati Maykl Koen idorasini tintuv qilishga suddan ruxsat olgach, Tramp Myullerni ishdan oladi degan gaplar paydo bo’ldi.

Davlat rahbari reydni qoralab, uni “mamlakatga hujum”, “adolatsizlikning yangi darajasi” deb atadi.

“Myullerni ishdan olish vaqti keldimikan? Ko’p odamlar menga shunday maslahat bergan. Tergov hech qanday natija bergani yo’q. Afsuslanarli, sharmandali holatga guvohmiz. Mayli, ko’raylikchi, davomi nima bo’larkan? – dedi Tramp.

Myuller Tramp saylov shtabining Rossiyaga aloqadorligi xususida hozircha bayonot bergani yo’q. “Vashington Post” gazetasiga ko’ra, Koen moliyaviy qalloblik, saylov kampaniyasini moliyalash haqidagi qonunga xilof ish tutgani uchun federal tergov ostida.

Federal qidiruv byurosi agentlari advokatning idorasini dushanba kuni tintib, ba’zi hujjatlarni musodara qilgan.

Xabarlarga qaraganda, Koen pornoaktrisa Stormi Denielsning Tramp bilan ishqiy munosabatlari oshkor bo’lmasligi uchun unga 2016-yilgi saylovdan oldin 130 ming dollar bergan. Tramp bundan bexabar ekanini aytmoqda.

Ba’zi huquqshunoslarga ko’ra, Koen Deniels og’zini yopish va Tramp obro’sini saqlab qolish uchun aktrisaga pul bergani saylov kampaniyasini moliyalash qoidalariga zid bo’lishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG