Breaking News

Kongress qo'mitasining Rossiya bo'yicha tergov xulosalari tayyor bo'ldi


Qo'mita a'zosi, taftish komissiyasi raisi Mayk Konvey hamda kongressmenlar Tom Runi va Trey Gaudi

AQSh Kongressi Vakillar palatasining Razvedka qo’mitasi Rossiya hukumati 2016-yil prezident saylovlariga aralashganini, ammo bu ishni Tramp saylov shtabi bilan hamkorliksiz amalga oshirganini xulosa qildi.

Prezident Tramp qo’mita xulosasini olqishladi, demokratlar esa respublikachi qonunchi raisligidagi qo’mita tergovga jiddiy yondashmaganini aytmoqda.

Tergovga bosh bo’lgan texaslik respublikachi kongressmen Mayk Konaveyning aytishicha, qo’mita 150 sahifalik hisobotini demokratlarga bugun taqdim etadi, guvohlar bilan ortiq suhbat qilmaydi.

Konavey nazarida, Tramp shtabining Rossiya bilan til biriktirganiga ishora qiluvchi dalillar yo’q, Trampga aloqador shaxslar shunchaki yanglish qarorlar qilgan.

AQSh razvedka idoralari xulosasiga ko’ra, saylov paytida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tramp nomzodini afzal ko’rgan, biroq Vakillar palatasi qo’mitasi hisobotida bunday ma’lumot yo’q.

Senat Razvedka qo’mitasi ham Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashgani haqidagi da’volarni tergov qilmoqda. Ikki partiya vakillaridan tuzilgan taftish komissiyasi kelasi haftalarda o’z hisobotini taqdim etadi.

Shu mazmundagi yana bir tergovni Federal qidiruv byurosining sobiq direktori Robert Myuller olib bormoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG