Breaking News

Virjiniyada kongressmen va yana bir necha odam o'qqa tutildi


Otishma sodir bo'lgan joy - Aleksandriya shahri, Virjiniiya shtati, 14-iyun, 2017-yil
Otishma sodir bo'lgan joy - Aleksandriya shahri, Virjiniiya shtati, 14-iyun, 2017-yil

Virjiniya shtatining Aleksandriya shahrida beysbol mashg'uloti paytida 66 yoshli Jeyms Xojkinson ismli bir odam qurolni ishga solib, besh kishini, jumladan Kongress Vakillar palatasining nufuzli a'zosi, respublikachi Stiven Skalizni yaralagan.

Mashg'ulot paytida amaldagi va sobiq boshqa qonunchilar ham bo'lgan.

Oq uy ma'lumotiga ko'ra, politsiya bilan otishmada Xojkinson yaralanib, o'lgan. 51 yashar Skaliz biqinidan o'q yeb, kasalxonaga yetkazilgan. Ayni damda ahvoli qoniqarli deya baholanmoqda.

Mashg'ulotdan erta chiqqan respublikachi kongressmen Jeff Danken maydondan chiqishda Skaliz bilan yuzlashganini aytdi.

"U mendan jamoadagilar respublikachimi yoki demokratmi deya so'radi", - deya eslaydi Danken.

Kongressmenlardan birining yordamchisiga o'q tekkanida qonunchi Bred Venstrap unga tibbiy yordam ko'rsatishga shoshildi. Venstrapning kasbi shifokor bo'lib, 2005-2006-yillarda Iroqda xizmat qilgan, polkovnik unvoniga ega.

Maydonda respublikachi senator Jeff Fleyk ham bo'lgan. Uning aytishicha, Xojkinson juda ko'p o'q otgan. Ayrim xabarlarga ko'ra, 50 yoki undan oshiqroq o'q otilgan.

Qonunchilar respublikachilar va demokratlar o'rtasida har yili kechadigan an'anaviy xayriya o'yinidan oldin mashq qilayotgan bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG