Breaking News

Koronavirus AQShda saylov tizimi islohotiga turtki berishi mumkin


Ayrim xavotirlarga ko’ra, koronavirus pandemiyasi sabab amerikaliklarning bir qismi noyabrda bo’ladigan saylovlarda qatnashmasligi mumkin. Jorjiya va Luiziana shtatlarida partiyaviy saylovlar qoldirildi, virusga oson chalinadigan tabaqa vakillari va saylov jarayonini himoya qilish maqsadida ovozlarni pochta orqali berish masalasi ko’rilmoqda.

Xalqaro hayot - 18-mart, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:30 0:00

“O’ta yuqumli kasallik tarqalishining oldini olishga o’z hissamizni qo’shgan holda barcha luizianaliklarning salomatligi va xavfsizligini himoya qilmoqchimiz”, - dedi shtat davlat kotibi Kayl Arduan.

Halokatli epidemiya natijasida maktablar va bizneslar faoliyatini to’xtatishga majbur bo’ldi, ijtimoiy tadbirlar bekor qilindi. Bu esa prezident saylovi kampaniyasiga salbiy ta’sir qildi.

Demokratik partiyadan yagona nomzod bo’lish uchun bellashayotgan vitse-prezident Jo Bayden va senator Berni Sanders o’rtasidagi so’nggi debat televizion studiyada tomoshabinlarsiz o’tkazildi.

Inqiroz paytida saylov jarayoni to’xtab qolmasligini ta’minlash maqsadida Oregon shtatidan saylangan demokrat senator Ron Vayden barcha 50 shtatda pochta orqali ovoz berishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini taqdim etdi.

“Koronavirusdan jabr ko’rganlarga hamdardlik bildirmoqchimiz. Ammo aynan shu koronavirus ovoz berish tizimini zamonaviylashtirish va yangilashga imkon beryapti”, - deydi saylov tizimi islohoti uchun kurashayotgan tashkilot rahbari Josh Silver.

Xavfsizlik bo’yicha mutaxassislarning aytishicha, pochta orqali ovoz berish internet orqali yoki elektron ovoz berishdan xavfsizroq.

Ayni paytda 34 shtat va poytaxt Vashingtonda jiddiy sababsiz sirtdan ovoz berishga ruxsat yo’q. Vashington va Kolorado shtatlarida esa aksincha ovoz berish uchun saylov uchatkasiga borish shart emas.

Boshqa shtatlarda esa saylov kunidan oldin ovoz berish uchun uzrli sabab bo’lishi kerak, masalan, safar yoki ish yuzasidan saylov kuni ovoz berish imkonining yo’qligi.

Bu o'rtada 17-mart kuni uch shtatda birlamchi saylovlar o'tkazildi. Demokratik partiyadan prezident saylovlarida yagona nomzod bo'lishga umid qilayotgan sobiq vitse-prezident Jo Bayden senator Berni Sandersni Florida, Arizona va Illinoys shtatlarida mag'lub etib, partiyadan nomzodlikni qo'lga kiritishga yana bir qadam qo'ydi. Shu kuni Ogayo shtatida ham saylov o'tkazilishi kerak edi, ammo koronavirus tarqalish xavfi sabab shtat gubernatori saylovni qoldirishga qaror qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG