Breaking News

Tramp va yetakchi mutaxassis aholini tinchlanishga chaqirmoqda


Entoni Fauchi, AQSh Yuqumli kasalliklar va allergiya instituti direktori

Koronavirus amerikaliklarda vahima uyg’otmoqda. Aeroportlarda Yevropadan qaytayotganlarning tana harorati o’lchanarkan, uzundan-uzun navbatlarni ko’rish mumkin. Do’konlarda ham navbatlar – odamlar oziq-ovqat, zarur narsalarni g’amlash bilan ovora.

“Ko’p xarid qilish shartmas. O’zingizni bosing”, - deydi Prezident Donald Tramp.

Oq uy aholini koronavirusga tekshirish uchun ko’rik markazlarini mamlakat bo’ylab ishga tushirishni bir necha haftadan beri cho’zayotgani uchun tanqidga uchrab kelayotgan edi. Vitse-prezident Mayk Pens avval qariyalar va tibbiy xizmatchilar ko’riladi, deydi.

AQShning yuqumli kasalliklar bo’yicha yetakchi eksperti Entoni Fauchining aytishicha, virus tarqalishining oldini olish uchun odamlar qariyalar va bemorlarni uyda ushlab turishi zarur.

“Hayot ma’lum vaqtga qadar oldingiday bo’lmaydi. Hamma tinchlanib olishi kerak”, - deydi mutaxassis.

Fauchining fikricha, hayot normal holatga qaytishi uchun bir necha haftadan bir necha oygacha vaqt ketishi mumkin.

Kongressning Vakillar palatasi barcha uchun koronavirusga bepul ko’rikdan o’tishni hamda millionlab amerikaliklarga oila a’zolariga qarash va bemorlik ta’tillarini uzaytirishni ko’zlovchi keng qamrovli qonun loyihasini qabul qildi. Senat uni shu hafta ko’rib chiqadi, Prezident Tramp hujjat imzosini paysalga solmaslikka so’z berdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG