Breaking News

Koronavirus yangiliklari - Britaniya, Ispaniya, Rossiyadagi ahvol


Barselona shahri, Ispaniya
Barselona shahri, Ispaniya

Britaniya virusdan o'lganlar soni bo'yicha 3-o'ringa ko'tarildi

Eng so’nggi ma’lumotlarga ko’ra, koronavirusdan kasallanganlar soni bo’yicha dunyoda 5-o’rinda ketayotgan Britaniya virusdan o’lganlar soni bo’yicha uchinchi o’ringa chiqib oldi. Bu mamlakatda 26 mingdan ziyod odam COVID-19 qurboni bo’ldi.

Britaniya aprel oxirigacha kundalik testlarni 100 mingga chiqarishni rejalagan edi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi. Ba’zilar hukumatni karantinni yumshatishga shoshilmaslikka chaqirmoqda.

Koronavirusdan tuzailb chiqqan Bosh vazir Boris Jonson ham olti hafta oldin joriy etilgan iqtisodiy va ijtimoiy cheklovlarni yumshatishda ehtiyotkorlikka da’vat etmoqda. Biroq ishsizlikning ko’payayotgani, kompaniyalarning zarar ko’rayotgani hukumatga jiddiy bosim qo’ymoqda.

Ispaniyada o'lganlar soni salkam 6 haftada ilk bor tushgan

Koronavirus yuqtirganlar soni bo’yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o’rinni egallab turgan Ispaniyada so’nggi salkam olti haftada ilk bor o’lganlar miqdori pastga qarab ketgan. Umumiy qurbonlar soni 24 mingdan oshgan bo’lsa, so’nggi bir kunda 268 ta o’lim hollari qayd etilgan, 236 mingdan ortiq odam kasal.

Ispaniya karantindan chiqishning to’rt bosqichli strategiyasini qabul qilgan. Mamlakat hozir birinchi bosqichda. Hukumat iyun oxirigacha hayot normal holatga qaytishiga umid qilmoqda.

Koronavirus pandemiyasi natijasida Ispaniya iqtisodiyoti joriy yilning birinchi choragida 5,2 foizga qisqargan. Markaziy bank sayyohlikdan katta daromad ko’ruvchi bu mamlakatda yil davomida iqtisodiyot 12,4 foizga tushishini bashorat qilmoqda.

Rossiyada karantin 11-maygacha uzaytirildi

Rossiyada besh hafta oldin joriy etilgan karantin Prezident Vladimir Putin farmoniga ko’ra 11 maygacha uzaytirildi. Shunga qaramay, Moskva ko’chalarida odam ko’paygan.

Bu mamlakatda 106 mingdan ortiq odam koronavirusga duchor bo’lgan, bir kunda salkam 7100 ta bemor qo’shilgan, mingdan ortiq odam o’lgan.

Davlat rahbari epidemiya eng yuqori nuqtaga hali chiqmaganini aytmoqda. Rossiyada har kuni 100 mingta himoya kiyimlari ishlab chiqarilayotganiga qaramay, viloyatlarda tibbiy xizmatchilar himoya vositalari yetishmayotganidan nolimoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG