Breaking News

Kazaklar - Rossiya o'ng qanot harakatining namoyandalarimi?


Kazaklar, general Yermolov kadetlar maktabi talabalari, Stavropol

Ba’zi kuzatuvchilarning aytishicha, Rossiya hukumati Yevropada o’ng qanot harakatlarni qo’llab-quvvatlab, Yevropa siyosiy maydonini o’zgartirmoqda. Yevropaning ultra o’ng qanot guruhlari rossiyalik ekstremistlar bilan aloqa o’rnatgan, har ikkisi G’arbning zamonaviy liberal qarashlarini qabul qilmaydi.

Kazaklar - Rossiya o'ng qanot harakatining namoyandalarimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:29 0:00

Ba’zilar Rossiya kazaklarini mahalliy konservatizm namoyandalari deb biladi. Rostov-Don shahri kazaklar markazi hisoblanadi. Ularning aksariyati dindor bo’lib, Rossiyaning impercha o’tmishini qo’msaydi. So’nggi yillarda kazaklar siyosiy jihatdan faollashgan.

Rostov-Don shahridagi kadetlar G’alaba kuni paradiga hozirlik ko’rarkan, Rossiyaning so’nggi imperatori Nikolay Ikkinchining byusti yonidan marsh qilib o’tmoqda. Sovet paytida tanqid qilingan chor o’tmishi bugun ulug’lanmoqda.

Rostov-Dondagi kadetlar maktabiga oilasi bilan bir asr oldin vahshiylarcha o’ldirilgan so’nggi podshohning nomi berilgan.

“Yoshlarni oliy harbiy o’quv muassasalariga tayyorlaymiz. Xoh Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bo’lsin, xoh Federal xavfsizlik xizmati, xoh bojxona organlari maktablariga. Bizda 553 ta kadet, jumladan qizlar tahsil oladi. Ularni haqiqiy vatanparvar bo’lishga o’rgatyapmiz”, - deydi maktab direktori Mixail Verbov.

Muassasa darsxonalarida kadetlarga Rossiyaning an’anaviy qadriyatlari singdirilmoqda – e’tiqod, vatanga muhabbat va tartib.

“Eng muhimi tartib. Busiz yaxshi natijalarga erishib bo’lmaydi”, - deydi Nikita ismli kadetlardan biri.

“Pravoslavlik hayotimning muhim qismi. Kadetlar maktabida e’tiqodga katta urg’u beriladi. Bu Rossiya fuqarolari uchun ham muhim deb o’ylayman”, - deydi Angelina.

Rostov-Don muhim daryo porti shahri bo’lib, bu yerda Rossiya monarxiyasi va Pravoslav cherkoviga tarixan sodiq bo’lgan qatlam – kazaklar yashaydi.

Sovet Ittifoqi qulashi ketidan mahalliy xalq bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ikki Rossiyani qo’msaydi – bolsheviklar va chor Rossiyasini.

“Kommunistik mafkura, yorqin kelajakka ishonch o’ziga yarasha mafkuralashgan e’tiqod bo’lgan. Bugungi Rossiyada konservator bo’lish ham qulay, ham foydali. Geosiyosiy tarafdan Rossiya konservativ dunyoning boshida turibdi”, - deydi pravoslav ruhoniy Ioann Sevastyanov.

Novocherkassk kazak xalqining tarixiy poytaxti bo’lib, Pasxa kuni cherkovda ko’plab harbiylar, politsiyachilar, kadetlarni ko’rsa bo’ladi. Aksariyati G’arbiy Yevropa qadriyatlarini qabul qilmaydi.

“Bugungi dunyoning ma’naviy chiriyotgani natijasida bizga chetdan singdirilayotgan bu qadriyatlarni ko’plar rad etmoqda. Geylarning iftixor paradiga o’xshash narsalar kazaklar yerida o’tmaydi”, - deydi ruhoniy Georgiy Smorkalov.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG