Breaking News

Britaniyada koronavirus bilan bog'liq yangi cheklovlar joriy etildi


Britaniyada koronavirus yuqtirish holatlari keskin jonlanganidan so’ng hukumat ayrim cheklovlarni joriy etdi. Xususan, pablar va restoranlar kechki 10 da yopilishi shart. Odamlarga yana uydan ishlash tavsiya qilinmoqda.

Xalqaro hayot – 24-sentabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:49 0:00

“Aksariyat odamlar qoidalarga rioya qilmoqda, biroq ko’p qoidabuzarliklar ham qayd etilyapti. Natijada ko’zga ko’rinmas dushman uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda, virus yana tez tarqala boshlagan”, - deydi Bosh vazir Boris Jonson.

Avgust oyida iqtisodiyotni jonlantirish maqsadida hukumat odamlarni ko’chaga chiqishga, ishga qaytishga da’vat etdi. Siyosatning o’zgarayotgani ko’plarni sarosimaga solmoqda.

Tibbiy mutaxassislar yangi cheklovlar yetarlicha qattiq emasligidan xavotirda.

“Test tizimi pand beryapti, vaziyat nazoratdan chiqmoqda. Kecha e’lon qilingan choralarni virus to’lqinini tushirish uchun yetarli deb o’ylamayman”, - deydi Oksford universitetida global salomatlik bo’yicha ekspert Piter Drobak.

Ba’zilar to’liq karantinga qarshi.

“Bizni qish mavsumi kutyapti. Hozirdan cheklovlarni kuchaytirsak, iqtisodiyotga og’ir tushadi. Bir muddatdan so’ng hamma narsani ochib tashlasak, virus yana qaytib keladi”, - deydi Oksford universitetining yana bir mutaxassisi Karl Xenegan.

So’nggi haftalarda koronavirus alomatlari bor ayrim odamlar test topshirolmay xunob bo’ldi, test natijalari kechiktirildi. Hukumat muammo tez kunlarda hal bo’lishini ma’lum qildi.

“Virusga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozongan, hatto to’liq karantingacha bormagan davlatlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, ular eng boshidan test salohiyati va kasallar bilan aloqada bo’lgan odamlarni aniqlash tizimiga sarmoya qilgan”, - deydi doktor Drobak.

Pab va restoran egalari yangi cheklovlardan xavotirda.

Britaniyada salkam 410 ming odamda koronavirus aniqlangan bo’lsa, deyarli 42 mingi o’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG